Get Mystery Box with random crypto!

STUDENTCHA HAZILLAR

Telegram kanalining logotibi studentcha_hazillar — STUDENTCHA HAZILLAR S
Telegram kanalining logotibi studentcha_hazillar — STUDENTCHA HAZILLAR
Kanal manzili: @studentcha_hazillar
Toifalar: Ko‘ngilchak , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.78K
Kanalning ta’rifi

• Talaba tirikmi, shu unga yetarli..
• Hazil bilan haqiqat sari...
• Postlarni shaxsiy hayotimga aloqasi yoʻq!
Murojaatlar: @Hazilkash_Student

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-06-29 18:34:38 #shunchaki

Yodingizdan koʻtarilgan boʻlsa kerak deb qaytatdan eslatyapman:

- Men yaxshi odam emasman.

@studentchahazillar
2.4K viewsedited  15:34
Ochish/sharhlash
2022-06-29 11:22:48 #shunchaki

Qizlar misli kitob men esa yosh kitobxondayman goʻyo. Baʼzi kitoblar juda qiziqligi, baʼzilarida saviya yoʻqligi tufayli tez tugatib qoʻyaman, baʼzilari oʻqilgan esada qayta-qayta oʻqigim keladi. Kitoblarni oʻqib boʻlgach, biroz vaqt kitobni taʼsirida yuraman. Keyin esa oʻqish uchun yangi kitob izlayman. Men aslo Babnik emasman. Men yosh kitobxonman!

@studentchahazillar
2.6K viewsedited  08:22
Ochish/sharhlash
2022-06-29 08:02:29 #iqtibos

O‘zgalarga yoqishni istovchilar qattiq yanglishadilar. Bunday zotlar har qanday istakni bajo keltirishga shoshiladilar. Ular haqida boshqacha tasavvurga ega bo‘lishlari ilinjida har qadamda sotqinlikka yo‘l qo‘yadilar. Bunday na shakli-shamoyili, na umurtqasi yo‘q meduzalarning menga keragi yo‘q. Men jirkanib ularni dunyoga keltirgan badbo‘y balchiq tomon itqitaman. Odam bo‘lgach — kelaveringlar.
Ayol zoti sevishni bildirishi uchun soyasi va aks-sadosiga aylanishga rozi bo‘lgan erkakdan nafratlanadi. O‘z aksi bilan so‘zlashishning kimga ham qizig‘i bor. Menga sening istehkom singari mustahkamliging zarur. Zero, har bir toshingdan senliging bilinib tursin.

ANTUAN DE SENT-EKZYUPERI
@Studentchahazillar
2.5K views05:02
Ochish/sharhlash
2022-06-28 20:54:48 #iqtibos

Men tarbiyachilarni huzurimga chaqirib, ularga qarata dedim:
— Sizlarning vazifangiz murg‘ak qalblardagi insonni poymol etib, faqatgina o‘z inida yashashga moslashgan qumursqalarga aylantirish emas. Chunki inson miyasi ma’lumotlar bilan qay darajada to‘ldirilgani men uchun muhim emas. Eng muhimi — insonning inson bo‘lishi. Men inson saodati haqida so‘roqlamayman, balki qanday odam baxtli bo‘lishi bilan qiziqaman. O‘troq qabilalarning to‘kin-sochinlikda yashash-yashamasligi ham men uchun muhim emas.
Sizlar insonlarni mohiyati quruq bo‘shliqdan iborat formulalar bilan emas, balki har qanday sxemalar o‘rnini bosuvchi obraz bilan to‘yin¬tirmog‘ingiz darkor.
Sizlar tarbiyalanuvchilarning u yoki bu mashg‘ulotga bo‘lgan layoqatiga qarab hukm chiqarmang. Chunki layoqatidan qat’i nazar, tinimsiz mehnat qilgan inson boshqalardan ko‘ra oldinlab ketadi va ko‘proq yutuqqa erishadi. Doimo muhabbatni asosiy mezon qilib oling.
Sizlar o‘z shogirdlaringizda ko‘nikma hosil qilish ustida emas, balki inson bo‘lishi haqida shunday qayg‘uringki, yog‘och yo‘nayotgan o‘quvchingiz qalbi nomus va sadoqat ruhi bilan to‘yinsin. Ana shunda u yog‘ochga boshqacha mehr bilan ishlov beradi.
Sizlar murg‘ak qalb sohibini izzat-ikromdan boxabar eting. Chunki istehzo kishilarning ermagidir.
Insonlarning moddiy boyliklar bilan aloqalariga to‘sqinlik qiling. Kichkina odamda insonni tarbiyalar ekansiz, uni ma’naviy boyliklarga oshno eting. Illo, busiz qalb toshga aylanib qolur.
Sizlar bolalarni fikrlashga va ibodatga o‘rgating. Bundan qalblar yanada ulug‘vor va saxiy bo‘lajak. Qalblarni muhabbat bilan sinang. Illo, muhabbat o‘rnini bosa oluvchi narsa bormi? Faqat o‘z-o‘zini sevish esa muhabbatning aksidir.
Bir qarashda, insonga hatto butun boshli shaharga foyda keltirayotgan bo‘lib tuyulsa-da, sotqinlik va yolg‘onni ayovsiz jazolang. Sadoqatning birgina ko‘rinishi minglab yuksak e’tiqodlarni kashf etadi. Chunki inson bir vaqtning o‘zida ham sadoqatli, ham boshqalarga nisbatan sadoqatsiz bo‘la olmaydi. Asl sadoqatli kishi barcha sohada va har qanday vaziyatda sadoqat ko‘rsatadi. Biroq hamkor birodari bo‘lgan kishiga nisbatan xoinlik qilgan zot sadoqatli bo‘la olmaydi...
Sizlar komillikka yo‘naltirilgan didni tarbiya qilmog‘ingiz zarur. Illo, har bir ish Yaratganga yaqinlashuvdir. Bu harakat o‘lim bilangina o‘z intihosini topgay.
Sizlar kechirimlilik va mehr-shafqatdan saboq berishingiz zarur emas. Chunki bu sifatlarni noto‘g‘ri talqin etish ziyon yetkazuvchi illatlar oldida tiz cho‘kishga olib kelishi mumkin. Lekin faqatgina insonning inson bilan hamkorligi vositasida amalga oshuvchi hammaning hamma bilan hamkorligini targ‘ib eting. Ana shunda jarroh oddiy ishchini davolash uchun ham sahrolar osha oshiqadi. Illo, ularning har bir nafari ham butun bir kemaning darg‘asidir.

ANTUAN DE SENT-EKZYUPERI "ISTEHKOM"
@Studentchahazillar
2.5K viewsedited  17:54
Ochish/sharhlash
2022-06-28 19:29:02
Men kitobni Sevaman U ham meni sevadi lekin bizni munosabatimizga internet hamisha Qarshi...

@Studentcha_hazillar
2.6K views16:29
Ochish/sharhlash
2022-06-28 17:47:54 Guruhimizda hamma starstadan qo‘rqardi, uni ko‘rsalar ko‘ziga tik qarolmas edilar, salobatli, ko‘pchikka so‘zi o‘tadigan, domlalarni majburlab zachotkalarga 4 qo‘ydiradigan yigit edi.

O‘sha menman

@Sobiq_Talaba
2.3K views14:47
Ochish/sharhlash
2022-06-28 17:32:36 #ashula

Inyazda oʻqidim man
19 ta qiz, bir oʻzim

@studentchahazillar
2.5K views14:32
Ochish/sharhlash
2021-01-05 22:23:31 ​t.me/joinchat/AAAAAFTzTep_uCa5N4qTrw kanali statistikasi
91 views19:23
Ochish/sharhlash
2020-09-17 07:18:43
STUDENTCHA HAZILLAR - Talabalar hayotidagi eng qaynoq va kulguga boy vaziyatlar,inson yuziga tabassum yugurtiruvchi talabalik "muammolari" ushbu kanalda.
Kanalga kirsangiz dunyoga talabalarning pozitiv nigohi bilan boqa boshlaysiz


https://t.me/joinchat/AAAAAFTzTep_uCa5N4qTrw
537 views04:18
Ochish/sharhlash