Get Mystery Box with random crypto!

Poraxo'rlani yomon ko'rib beramiz pora, Pora bermaganni qog'oz | STUDENTCHA HAZILLAR

Poraxo'rlani yomon ko'rib beramiz pora,
Pora bermaganni qog'oz deb qilib ovora.
Qo'ldan kelganicha hamma narsani o'marib bo'ldik
Qimor haromligi esdan chiqib, hunar bo'ldi.



O'qimasdan turib, o'qishgayam kirib
Amallab bitirib, kresloga o'tirib
Ketamiz o'pirib, vijdonni o'chirib
Qo'l tirsakkacha kir, ko'nglida yo'q kiri
Dengizdan tomchisiyu, bu milliondan biri
Deb hamma narsa qilamiz necha yillardan beri
Bizdan boshqa hamma yomon, kim bizga yordam berar?
Bizga yordam kerak emas, bizga insofdan kerak!

KONSTA
" Biz yoʻq joyda"
@studentchahazillar