Get Mystery Box with random crypto!

Student-Study Group (Rasmiy)

Telegram kanalining logotibi student_studygroup — Student-Study Group (Rasmiy) S
Telegram kanalining logotibi student_studygroup — Student-Study Group (Rasmiy)
Kanal manzili: @student_studygroup
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 108
Kanalning ta’rifi

Biz bilan bog'laning va nufuzli Universitetlar talabasi bo'ling.
🇷🇺 Rossiya
🇰🇿 Qozog'iston
🇰🇬Qirg'iziston
🇹🇯Tojikiston
Dunyoning nufuzli universitetlarida ta'lim olishingizda biz sizga yaqindan yordam beramiz!
Tel: 998996212094

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-20 10:47:21 20-iyundan boshlab:

2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti va my.gov.uz portali orqali boshlandi.

2022-2023 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.

2022-2023 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 1-sinfiga my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlandi.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
125 views07:47
Ochish/sharhlash
2022-06-20 10:47:21 Rasman: Bugun, 20-iyun kuni 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
120 views07:47
Ochish/sharhlash
2022-06-17 13:56:41 Yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha 16 ta OTMga hujjat topshirish mumkin


O‘zimning sohamdan kelib chiqib, joriy yilda yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qaysi OTMlar talabalar qabul qilishini qarab chiqdim. Toshkent davlat yuridik universitetidan tashqari yana 15 ta OTMda yurisprudensiya bo‘yicha qabul bo‘lar ekan.

Taqqoslash uchun: o‘tgan yili jami 9 ta OTM bo‘lajak huquqshunoslarni қабул қилганди. Demak, joriy yilda yana 7 ta OTMda ham yurisprudensiya yo‘nalishi ochilgan. Jumladan, O‘zMU va Xalqaro islom akademiyasiga yana yurisprudensiya qaytdi.

2022 yilda yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha talaba qabul qiladigan jami 16 ta OTM quyidagilar:

1) Toshkent davlat yuridik universiteti
Yurisprudensiya:
davlat-huquqiy faoliyat
Yurisprudensiya: jinoyat-huquqiy faoliyat
Yurisprudensiya: biznes huquqi
Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
Davlat boshqaruvi

2) Qoraqalpoq davlat universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

3) Namangan davlat universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

4) Samarqand davlat universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

5) Termiz davlat universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

6) Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Yurisprudensiya (qishloq xo‘jaligi xuquqi)

7) Toshkent davlat transport universiteti
Yurisprudensiya (xalqaro transport huquqi)

8) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)

9) Jamoat xavfsizligi universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

YANGILAR

10) O‘zbekiston Milliy universiteti
Yurisprudensiya (biznes huquqi)

11) Buxoro davlat universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

12) Farg‘ona davlat universiteti
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

13) «Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti
Yurisprudensiya (transchegaraviy suv va yer munosabatlari)

14) Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Yurisprudensiya (qishloq xo‘jaligi huquqi)

15) O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Yurisprudensiya (Islom huquqi)

16) Toshkent davlat agrar universiteti
Yurisprudensiya (qishloq xo‘jaligi huquqi)

Shuningdek, sirtqi ta’limdan yurisprudensiya chiqarib tashlangan (o‘tgan yili bor edi). Lekin evaziga masofaviy ta’limga o‘tkazilgan. Jumladan, 2 ta OTM, ya’ni Toshkent davlat yuridik universiteti (300 o‘rin) hamda Qoraqalpoq davlat universiteti (50 o‘rin) joriy yil ilk marta masofaviy ta’limga talaba qabul qilishadi.

Xabar tahrirlandi: Agrar universitetda ham yurisprudensiya bor ekan, faqat yo‘nalish nomi noto‘g‘ri yozilgani uchun ko‘rmay qolibman.

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
159 views10:56
Ochish/sharhlash
2022-06-16 00:01:45 Rasman: qabul 20-iyundan boshlanadi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
151 views21:01
Ochish/sharhlash
2022-06-13 17:45:51 Xususiy universitet!

Ayni vaqtda mamlakatimizda 40 ga yaqin xususiy universitetlar mavjud. Ammo hali ham ko'pchilik xususiy universitetlarda o'qishdan hadiksiraydi.

Davlat universiteti bilan xususiy universitetning asosiy farqi - moliyalashtirilishidadir. Davlat universitetlarida kvotalar davlat tomonidan belgilanadi. Imtihonlar DTM tomonidan o'tkaziladi va natijalari e'lon qilinadi. Davlat o'z universitetlariga har yili ma'lum miqdorda kadr tayyorlashni buyuradi va shunga qarab universitetlarni moliyalashtiradi. Bu yerda buyurtmachi davlat va uni bajaruvchi esa universitet. Asosiy qoidalarni davlat belgilaydi, nazorat davlat tomonidan amalga oshiriladi. Talabalar esa bilvosita universitetlarga talab qo'yishlari mumkin.

Xususiy universitetlarda-chi? Xususiy universitetlarda ma'lum shaxs yoki guruh universitetni moliyalashtiradi. Bu yerda uchlikka asoslangan tizim yuritiladi: Davlat - Universitet - Mijoz (Talaba).
Xususiy universitetlar ma'lum davlat tashkilotidan o'z faoliyatlariga ruxsat sifatida litsenziya olishadi. Bu ham o'ziga yarasha murakkab jarayon. Shuningdek, davlat universitetning mavjud qonun-qoidalarga qanday rioya etayotganligini nazorat qilib boradi. Talaba esa mijoz sifatida universitetdan tuzilgan shartnomaga binoan qoidalar bajarilishini bevosita talab qila oladi. Ta'limda nazorat har doim muhim. Bu yerda nazorat darajasi ikki hissa oshadi: davlat va mijoz bir vaqtda universitetni nazorat qilishyapti.

Davlat va xususiy universitetlarni birlashtiruvchi asosiy jihat shuki, bitiruvchi uchun oliy ta'lim olganligi haqidagi hujjat - diplom faqat Oliy ta'lim vazirligi tomonidan beriladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litseziyaga ega ayni vaqtda O'zbekistonda faoliyat olib borayotga nuniversitetlar ro'yxatini bu yerdan ko'rishingiz mumkin. Ular qatorida, albatta, Profi University ham mavjud.
191 views14:45
Ochish/sharhlash
2022-06-09 15:48:36 Alisher Sa’dullayevning ma’lum qilishicha, bugun, 9-iyun kuni soat 20:00 da “Talabaga madad” loyihasi yuzasidan ovozli suhbat o‘tkazilarkan. Unda professional ta’lim muassasalarining oʻquvchilari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari hamda abituriyent-yoshlarning qatnashishlari tavsiya qilingan.

Ma’lumot uchun, “Talabaga madad” — iqtisodiy taraflama muammolarga duch kelgan, boquvchisini yo’qotgan, ota-onasida (yoki ularning birida) nogironligi boʻlgan, mehribonlik uyi bitiruvchisi boʻlgan, “ijtimoiy himoya” yagona reestriga kiritilgan oila farzandlarining kontraktini to‘lab berishga qaratilgan loyiha.

Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

Kanalga ulanish:
@masofatalim
208 views12:48
Ochish/sharhlash
2022-06-07 11:51:09 «Bu yil magistraturaga mutaxassislik fanlardan imtihon bo‘lmaydi, chet tili sertifikati majburiyligicha qoladi. Kvota to‘lmasa, qishda yana bir marta qabul bo‘ladi» — Abduqodir Toshqulov.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
214 views08:51
Ochish/sharhlash
2022-06-07 11:51:09 «Endi o‘qishni ko‘chirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi: turmush qursa va davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tsagina o‘qishini ko‘chira oladi» — Abduqodir Toshqulov.

Abduqodir Toshqulovning qayd etishicha, o‘qishni ko‘chirishda vazir xati talab etiladi. Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
193 views08:51
Ochish/sharhlash
2022-06-06 08:58:44 #Perevod_2022

O'qishini ko'chirmoqchi va qayta tiklamoqchi bo'lgan talabalar quyidagi manzil orqali ariza yozishlari mumkin:

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan ko'chiruvchilar: transfer.dtm.uz

Davlat oliygohlari ichida ko'chiruvchilar: transfer.edu.uz

Qabul jarayonlari 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi. Imtihon jarayonlari abituriyentlar uchun test sinovlari yakunlangach bo'lib o'tadi.

Eslatma: yuqoridagi saytlar qabul jarayonlari vaqtida ishga tushadi

Oliygoh.uz rasmiy kanali:

@OLIYGOH_GRANTLAR
208 views05:58
Ochish/sharhlash
2022-06-03 15:14:06
So‘m ramzi bo‘yicha tanlov g‘olibi e’lon qilindi

O‘zbek so‘mining yangi ramzi (1-rasm). U o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin (2-rasm).

Kanalga ulanish:
@masofatalim
198 views12:14
Ochish/sharhlash