Get Mystery Box with random crypto!

...........

Telegram kanalining logotibi stomatologiya_info — ........... S
Telegram kanalining logotibi stomatologiya_info — ...........
Kanal manzili: @stomatologiya_info
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20
Kanalning ta’rifi

Rasmiy kanal|✓
👨‍⚕️Assalomu alaykum hurmatli kanal aʼzolari bu kannalda Oʻzbekiston va dunyo boʻylab Stomatologiya oid qiziqarli yangiliklar,maʼlumotlar, talabalar uchun qoʻllanmalar joylab boriladi!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-01-04 18:43:50 Channel photo updated
15:43
Ochish/sharhlash
2020-07-14 10:15:08 VINIRLAR
725 viewsedited  07:15
Ochish/sharhlash
2020-07-14 10:13:41 ​ Assalomu alaykum do'stlar talablarga binoan Oppoq tishlar ya'ni "VINIRLAR'' haqida ma'lumotlar tayyarladik! Vinirlarni qo'yishdan maqsad nima sababdan taniqli shaxlar asosan vinirlardan foydalanishi,vinirlar qo'yish, vinir qoplamalarni qo'yib bo'lmaydigan holatlar, vinirlarni tishlarga beradigan foydali tomonlari haqida (Ba'tafsil o'qish)
261 views07:13
Ochish/sharhlash
2020-07-13 09:14:46 ​ TISHLARNI QANDAY PARVARISH QILINADI?

Tishlarni parvarish qilish uchun tish cho’tkasi, poroshogi, pastasi, shuningdek og’izni chayishga mo’ljallangan maxsus dorilardan foydalaniladi. Tishni yumshoq cho’tka bilan yuvgan ma’qul. Xar bir kishining shaxsiy tish cho’tkasi bo’lishi va uni maxsus g’ilofda saqlash shart. Tishni tozalab bo’lgandan so’ng cho’tkani iliq suv bilan yuvib , sovunlab qo’yiladi .Tishni tozalashdan oldin cho’tka sovuni yuvib tashlanadi . Poroshok bilan yuvganda tish yaxshi tozalanadi . Davolash maqsadida ayrim poroshoklarga kalsiy glitserofosfat (djemjug) , 2% li natriybikorbonat qo’shiladi; tish chirishi va Tish toshidan aziyat chekadigan kishilarga anashu poroshoklardan foydalanish buyuriladi.

Tish pastalari ham tozalash hususiyatiga ega ''Jemjug'' va boshqalar davolash hamda profilaktik xususiyatga ega bo’lib , ular yumshoq karashni eritadi, milkdagi yallig’lanishni kamaytiradi va og’izdagi badbo’y hidni yo’qotadi. Hozirda tarkibida ftor bo’lgan pastalar chiqarilmoqda , ularni vrach maslahati bilan ishlatish kerak. Bazi pastalarning chirishga qarshi profilaktik ta’siri bo’lishiga qaramay , og’iz bo’shlig’I shilliq qavatini qitiqlaydi, milkning ko’p qonashiga sabab bo’ladi , shuning uchun bu pastalarni vrach maslahatisiz qo’llash tavsiya etilmaydi.

Tish eliksiri xushbo’ylashtirish hususiyatiga ega; IDEAL , Limonniy, eliksirlari shular jumlasidandir. Og’iz bo’shlig’ini sog’lom saqlash vositalari qo’llanganda shilliq qavati yallig’lansa yoki tishning sezuvchanligi oshib ketsa , stomatologga murojaat qilish zarur.

Tish tozalaganda milkni avylash kerak. Cho’tkaning xarakati tishni tamoman tozalay oladigan bo’lishi lozim. Tishning lab, lo’nj, til va tanglay yuzalari vertical yo’nalishda, chaynov yuzalari esa aylanma xarakat qildirib tozalanadi, tozalab bo’lgandan so’ng og’iz chayiladi. Tishni ertalab pasta yyyoki poroshok bilan , kechqurun esa pastasiz tozalash kerak. Uyquga yotishdan oldin og’iz suv bilan chayiladi .

Bolalarni 2-3 yasharligidan tishlarni parvarish qilishga o’rgata boorish kerak. Tishni o’tkir narsalar bilan tozalash mumkin emas ; yog’och yoki plastmassa tish kovlagichlardan foyda lanish tavsiya etiladi.

Tishni va og’iz bo’sjlig’ini tog’ri parvarish qilish Tish kasalliklarini oldini olish va o’z vaqtida davolash imkonini beradi; yilda 2 marta STOMATOLOG vrachga korinib , u tavsiya etgan turli profilaktik chora va davoni bekamuko’st bajarish tish holatini yaxshi saqlashda muxum rol o’ynaydi.

@Stomatologiya_info
572 views06:14
Ochish/sharhlash
2020-07-11 10:20:06 Qo‘rquv yoki stress: nega bolalar tishini g‘ichirlatadi va buni bartaraf etish mumkinmi?
(2-qisim)

Bolaning sut yoki doimiy tishlari chiqyapti

Tishlarning yorib chiqishi yetarli darajada og‘riqli jarayondir. Bu vaqtda milklar qichishadi va bolakay o‘zidagi yoqimsiz sezgini bosish uchun ongsiz ravishda jag‘ini qisadi.

Notekis tishlam sababli

Tepa va pastki tishlar bir-biriga noto‘g‘ri birikishi va buning natijasida jag‘lar jipslashmasligi kuzatiladi. Noqulaylik tug‘ilgandan so‘ng bola tishlar bir-biriga xalaqit bermaydigan holatni topish uchun jag‘larini har tomonga qiyshaytirishni boshlaydi.

Jag‘ uchun bosim yetishmasligi

Bu vaziyat bir yarim yoshdan oshgan va qandaydir sabab bilan yetarli darajada qattiq ovqat qabul qilmaydigan bolalar orasida keng tarqalgan. Masalan, ona bola uchun sut yetarli deb o‘ylaydi.

Bir necha kun davomida jag‘ suyaklari kerakli yuklamani qabul qilmaydi va organizm tuni bilan buning o‘rnini qoplashga uringani uchun jag‘ mushaklarini qisqarishga majbur etadi. Tish g‘ichirlashi esa ushbu jarayonning keyingi ko‘rinishidir.

Bola stressni boshdan kechiryapti

Asabiy zo‘riqishlar chaynash muskulaturasining gipertonusiga sabab bo‘lishi mumkin. Bola kun davomida yuz mushaklari harakatini nazorat qiladi. Ammo tunda kuzatish susayadi va jag‘lar o‘z ma'nosida tomir tortishishiga uchraydi.

Stress boshlanishi har bir bolada o‘ziga xosdir. Ba'zi bolalar uchun ota-onasi yoki tug‘ishganlari bilan bo‘lgan arzimas tortishuv ham tunda tushkunlik bilan tishlarni g‘ichirlatib chiqishga yetarli omil bo‘ladi.

Tishini g‘ichirlatayotgan bola shu tobda hissiy bosim o‘tkazuvchi tush ko‘rayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Shuningdek, bruksizm o‘ta faol bolalarda ko‘p uchraydi.

Bolaning tobi qochgan

Davriy allergiya va yuqori nafas olish yo‘llari infeksiyalari — ORVI, gripp, angina — burun bitishiga olib keladi. Bola og‘izdan nafas olishga majbur ya'ni jag‘ini ochib-yumib turadi. Yopish holatida ba'zida jag‘ni juda qattiq siqadi, tishlar g‘ichirlab ketadi.

Bundan tashqari, otitdan aziyat chekuvchi bolalarda bruksizm quloq kanallaridagi og‘riq hissini kamaytirishga urinish bo‘lishi mumkin.

Yo‘q, bu gijja alomati emas!

Tishlarni g‘ichirlatishga organizmdagi qandaydir parazit infeksiyalar bevosita bog‘liqdir degan taxminni miyangizdan butunlay chiqarib tashlang. Bu uydirma: hali birorta ilmiy tadqiqot gelmintlar bruksizmga turtki bo‘lishini tasdiqlamagan.

Bola tushda tishlarini g‘ichirlatsa, nima qilish kerak?

Aksariyat hollarda — hech nima. Bolalar 7-8 yoshga yetishlari bilan xavfsiz va mutlaqo asoratlarsiz tishlar g‘ichirlatish davridan o‘tib ketadilar.

Ammo ba'zi bolalarda bruksizm o‘zining keyingi yoqimsiz ta'sirlarini ko‘rsatadi:

tish emali yemirilishi ortishi — sinishi, kariyes rivojlanishi tezlashishi, haroratga nisbatan tishlarning yuqori sezuvchanligi;

bosh yoki quloq sohasida og‘riq;

yuqori va pastki jag‘ bo‘g‘imlari muammolari.

Agar bu holat sizga tanish bo‘lsa, pediatr yoki stomatolog bilan maslahatlashing. Shifokor bruksizm kelib chiqishining nisbatan asosliroq omilini topishga yordam beradi. Agar bu holat tishlar joylashuvi yoki tishlamdagi qichishishlar bilan aloqador bo‘lsa, stomatolog ushbu muammoni to‘g‘rilaydi. Masalan, uyqu davomida bolaning og‘iz bo‘shlig‘iga o‘rnatiluvchi maxsus himoya qiluvchi qoplama tavsiya qilishi mumkin.

Agar bola stresslar yoki yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlik natijasida tishlarini g‘ichirlatayotgan bo‘lsa, psixolog yoki nevrolog yordamiga zarurat tug‘iladi. Bu juda muhim. Stress davom etaversa, bruksizm o‘tib ketmaydi. Mutaxassis yordamisiz bu davr ba'zida o‘n yillarga cho‘zilishi kuzatiladi.

#maslaxat #bruksizm

@Stomatologiya_info
483 views07:20
Ochish/sharhlash
2020-07-11 10:14:38 Qo‘rquv yoki stress: nega bolalar tishini g‘ichirlatadi va buni bartaraf etish mumkinmi?
(1-qisim)


Bu aniq gijja emas!



Yer kurrasidagi har uchinchi kishi muntazam ravishda tishlarini g‘ichirlatadi. Bu kattalar va bolalarga birday bog‘liq jarayon. Ammo boshlang‘ich davrda unchalik e'tiborni tortmagan g‘ayritabiiy tovushlar bora-bora bolakayning ota-onasining asablarini yeb bitirishi hech gap emas. Ularning sababi gijjalar bo‘lsa-chi? Yoki u tishini shikastlab olsa nima bo‘ladi? Balki bu xavflidir?

Quyida bolalar tishlarini g‘ichirlatishiga oid sabablar bilan tanishtiramiz. Aytishimiz shart: tinchlaning, faqat tinchlaning.

Bruksizm nima va u qayerdan kelib chiqadi?

Tishlarning beixtiyoriy g‘ichirlashi tibbiyot sohasida bruksizm deb ataladi (qadimgi yunon tilidan «tishning g‘arch-g‘urchi» ma'nosini beradi). Bolalardagi bruksizm xurujlari aksariyat hollarda uyqu vaqtida ro‘y beradi — uning chuqur davrida — yoki qattiq xavotirlanishlar paytida.

Bolalarni jag‘ suyagini g‘ichirlatishga majbur qiluvchi aniq sabablar hanuz ekspertlar uchun noma'lum bo‘lib qolmoqda. Biroq ba'zi o‘zaro aloqalar aniqlanishiga erishilgan. Shunday qilib, chaynash muskulaturasining ixtiyorsiz qisqarishi ko‘p hollarda quyidagi omillar bilan bog‘liqdir.

#maslahat #bruksizm

@Stomatologiya_info
466 views07:14
Ochish/sharhlash
2020-07-07 21:00:51
Sizga yoqdimi pazl

@Stomatologiya_info
531 views18:00
Ochish/sharhlash