Daryo boʻlib yashang Ustoz hamisha hayotdan nolib yuradigan, | Stiv Jobs Motivatsiya
Daryo boʻlib yashang
Ustoz hamisha hayotdan nolib yuradigan, oʻzini baxtsiz hisoblaydigan shogirdiga piyolada suv uzatdi-da, unga bir siqim tuz aralashtirib, tatib koʻrishni buyurdi. Yigit aytilgan ishni qildi. – Taʼmi qanaqa ekan? – soʻradi ustoz. – Shoʻrligidan tilni oʻyaman, deydi-ya! Ustoz shogirdini daryo boʻyiga olib bordi. Yana bir siqim tuz uzatar ekan, dedi: – Endi buni daryoga tashlab, suvning mazasini totib koʻr. Yigit bu safar suvni huzur bilan ichdi. – Xoʻsh, shoʻrligi sezildimi? Mazasi qanaqa ekan? – Ajoyib. Shoʻri yoʻq boʻlib ketibdi, umuman sezilmadi. Bu soʻzlardan mamnun boʻlgan ustoz nasihat qildi: – Hayot qiyinchiliklari bir siqim tuzdek gap. Qalbingni keng qilsang, bilinmay ketadi. Hayotda misoli bir piyola suv emas, daryo boʻlib yashashni oʻrgan!..
Sizga:. 🌍 Dunyo milliarderlari hayoti. 🏛 Biznes va sarmoyalash. 🎰 Muvaffaqiyat sirlari. 💡 Motivatsiyalar. ☯️ Pozitiv kayfiyat. 📚 Biznes Kitoblar. 👨💻 Reklama va takliflar uc...