Get Mystery Box with random crypto!

GERMANIYADA TRANSPORTDAN FOYDALANISH MADANIYATI Bu mavzu qi | Das Stipendium

GERMANIYADA TRANSPORTDAN FOYDALANISH MADANIYATI

Bu mavzu qiziq bo'ladi deb o'yladim. Chunki agarda Germaniyaga borib, bu holatni ko'rganingizda culture shock bo'lmasin.

Agarda siz asfalt yo'lda yoki shunchaki oddiy yo'lda ketayotgan bo'lsangiz hamda sizga qarama -qarshi mashina kelayotgan bo'lsa , mashina sizga taxminan 5 metr yaqin qolganida , asosiy yo'lidan chiqib, tezlikni 5 km/s ga tushurib, qachonki siz o'tib ancha ketganingizdan keyin yana mashina oldingiday davom etaveradi.

Meni shock qilgan jihati , hech qanday radar yoki kuzatuv kamerasi yoq. Shunchaki piyoda hayoti har qachon juda muhim.
Keyinchalik bilsam bu nemis xalqi madaniyatining ajralmas bo'lagiga aylangan ekan. U yerda avvalo INSON hurmat qilinadi. Hattoki tez yordam uchun ham yuqoridagi qoida -qoida.

Agar siz viloseped , samakat va boshqa moslamalarda yursangiz ham mashinalar yo'nalishidan chetga chiqib, piyodani o'tgunicha kutadi.
Bizda ko'chada mashina ko'rinsa darrov o'zimizni chetga uramiz qochmasang signalni boricha bosadi. . Yo'lda har doim haydovchi ustun bo'lib qolgan.


Germaniyaga borsangiz hech qachon yo'lda yurishdan qo'rqmang. Odatda yo'llarda mashinani topa olmaysiz ham.

@Germanyexperiences