Get Mystery Box with random crypto!

Pavel Durov dasturchi va milliarder! Durov birinchi galda Ro | S.T.E.M | IT ACADEMY

Pavel Durov dasturchi va milliarder!

Durov birinchi galda Rossiyadagi eng mashhur ijtimoiy tarmoq – VKontakte asoschisi sifatida mashhur. U chiqqan zahotiyoq muloqot uchun asosiy servis o‘rnini egalladi.

Durov kompaniyani 2014 yilda tark etdi. Ko‘p o‘tmay, Telegram messenjeri bilan xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatga erishdi. Yirik raqobatchilarga qaramay, Pavel servis xavfsiz va undagi yozishmalar maxfiy bo‘lishi kerak, degan asosiy g‘oyani ishlab chiqdi va unga sodiq qoldi.

Yozishmalarning himoyalangani, tezkorlik, bulutli servis hamda minglab stiker, bot va kanallar Telegramga mashhurlik olib keldi. Hozir messenjer foydalanuvchilari soni 400 milliondan ortiqni tashkil etadi.
Telegram takomillashtirilib, yangi funksiyalar bilan boyib bormoqda.

Pavel Durov 11 yoshdan boshlab dasturlashni o'rgana boshlagan.
Uning xozirgi mablag'lari 3.4 milliard dollardan oshdi.

#webdasturlash #android #IT #motivatsiya