Get Mystery Box with random crypto!

O‘Z KUCHINGIZ VA KAYFIYATINGIZ ANIQLAB OLING Hayotda shunda | Psixolog Fotima Babajanova

O‘Z KUCHINGIZ VA KAYFIYATINGIZ ANIQLAB OLING

Hayotda shunday lahzalar bo‘ladiki, inson o‘zini xuddi boshi berk ko‘chaga kirib qolgandek his eta boshlaydi. Yorug‘ dunyodan umidlari so‘nadi. Nimalar bo‘layotganini anglay olmay azoblanadi. To‘xtang, boshingizga tushgan barcha yaxshi-yomon ishlar xarakteringiz tufayli bo‘lmasin tag‘in!.. To‘g‘ri-da, ko‘pchilik o‘z xarakterini o‘zi yaxshi bilmay turib, aybni boshqalarga qo‘yishi hech gap emas. Quyidagi test esa o‘z xarakteringizni chuqurroq bilib olishga ko‘mak beradi degan umiddamiz.

1. Do‘stlikni qadrlaysizmi?
A) Ha — 1 ball
B) Yo‘q — 0 ball
2. Yangilikka intilasizmi?
A) Ha — 0 ball
B) Yo‘q — 1 ball
3. Tez-tez yangi kiyimlar xarid qilishni xush ko‘rasizmi?
A) Ha — 1 ball
B) Yo‘q — 0 ball
4. Bahona, sababsiz ham fe’lingiz o‘zgarishi mumkinmi?
A) Ha — 0 ball
B) Yo‘q — 1 ball
5. Bola ekaningizda voyaga yetib egallamoqchi bo‘lgan kasbingizni uch martadan ko‘p almashtirganmisiz?
A) Ha — 0 ball
B) Yo‘q — 1 ball
6. Qiyin masalani yechish paytida tez-tez o‘zingizga bo‘lgan ishonch so‘nadimi?
A) Ha — 0 ball
B) Yo‘q — 1 ball
7. Nimanidir kolleksiya qilish bilan shug‘ullanasizmi?
A) Ha — 1 ball
B) Yo‘q — 0 ball
8. So‘nggi daqiqalarda rejalaringizni tez-tez o‘zgartirib turasizmi?
A) Ha — 0 ball
B) Yo‘q — 1 ball

NATIJALAR:
6 balldan yuqori: Siz juda tartibli, xalq tilida aytganda, o‘zini bosib olgan insonsiz. Ota-onaga ham, boshliq, do‘stlaringizga ham sira ortiqcha tashvish keltirmaysiz.

3 dan 6 ballgacha: Kayfiyatingiz, fe’l atvoringiz tez-tez almashinib turadi. Esingizda bo‘lsin, bir xil xarakterga va kayfiyatga erisha bilish hayotda tengsiz omad keltirishi mumkin.

3 balldan kam: Nega o‘z kuchingizga ishonmaysiz? Uydagilarga ko‘proq suyanish va ish joyi ning o‘zidan yaqin do‘stlar orttirish lozim.

@STEAM_PSYCHOLOGY