Get Mystery Box with random crypto!

Tirikmisiz..? Hayotni qadriga yeting.! - Charchadingizmi.? Al | Userim

Tirikmisiz..? Hayotni qadriga yeting.!

- Charchadingizmi.? Alloh yaratgan tabiat qoʻyniga chiqing, dam oling, tafakkur qiling!

- Yiqildingizmi.? Allohdan sabr va kuch soʻrab, turing oʻrningizdan!

- Sizdan soʻrasalar, siz bering,oʻylanmang.!..

- Sizni qadrlamasalar,xafa boʻlmang,qadr xam soʻramang.!

- Eshikni yopib xaydadilarmi.? U joyga aslo qaytib bormang.

- Sizga oʻrgatsalar, oʻrganing saboq oling.!

- Hayot sinovlari sizni sindirmoqqa chogʻlansa, aslo taslim boʻlmang.!

- Sizni sotsalar, kechirim bilan jazolang (qalbingizga qaytib kirgizmang, kirgizish ixtiyoringiz)

- Sizga qalb eshigini ochsalar, u qalbga kirishdan avval ifloslangan poyabzalingizni yechib kiring.

- Qachondir qalblardan quvilsangiz xafa boʻlmay keting, sabrli va kuchli boʻling.!
tirikmisiz? - Alloh siz bilan.!

- Yaralangan sherga, sogʻlom sherdan koʻra ogʻriqlar shijoat, kuch va xaybat berganidek, yiqilgan va qalbi yaralangan inson xam hayotda kuchli, shijoatli va sabrli va qoʻrqmas boʻlib boradi...

@manoliso