Get Mystery Box with random crypto!

Biz eng ko’p onamizga yolg’on gapirdik(gapirdim): -“Ahvoling q | Saodatli Hayot 💍🕊

Biz eng ko’p onamizga yolg’on gapirdik(gapirdim):
-“Ahvoling qanday?” deb so’radi
-“Hammasi yaxshi” dedim.
(“Ko’nglimni sindirishdi, onajon, ahvolim og’ir” deyolmadim…)

-“Nimaga ko’zlaring kirtaygan?” deb so’radi
-“Bugun ko’proq ishladim, balki shungadir” dedim.
(“Xayolimdagi o’ylar tinchlik bermayapti, ko’zlarimni yumolmayapman” deyolmadim…)

-“Nimaga ovqatingni yemayapsan?” deb so’radi
-“Yaqindagina ovqatlangandim” dedim.
(“Atrofdagi zarbalar meni to’ydirib qo’ydi!” deyolmadim…)

-“Nega ko’zlaring qizargan?” deb so’radi
-“Shamolda nimadir kirdi shekilli” dedim
(Yig’ladim, onajon, yig’ladim…” deyolmadim…)

Men eng ko’p onamga yolg’on gapirdim…

@Saodatli_hayot