Get Mystery Box with random crypto!

Maoshni oshirish masalasida qanday suhbatlashish kerak? Suhba | Abdulfattoh

Maoshni oshirish masalasida qanday suhbatlashish kerak?

Suhbatlashishdan avval:

1. O'zingizga savol bering, maoshingiz oshishiga hozirgi holatingiz javob beradimi? (natijalaringiz, bilimingiz....)

2. Kerakli statistikalarni tayyorlash.
- Bilim darajangiz qay darajada oshdi.
- Siz bajargan loyihalar sifati va natijalari. (commitlar, muvaffaqiyatli loyihalar soni)
- Jamoa a'zolari uchun treninglar o'tkazish, yordam berish, mentoring
- Boshqaruvchi yoki jamoa a'zolari fikrlari.

Suhbat davomida:

1. Gapiryotganda ishonch bo'lsin lekin odob doirasida. Suhbat davomida "Men buncha istayman",
"Bunchaga oshirish kerak" deyish notog'ri. Siz statistikalarni taqdim eting, qolganini ularga qoldiring.

2. Yo'q deyilishida tayyor bo'ling.
Agar yo'q deyilsa, oshishi uchun nimalar qilishingiz kerakligini aniqlashtirib oling.

P.S: Qanchaga oshirish va sizni hozirgi ish va bilim darajangizga qancha berilayotganini Linkedin yoki Ish e'lonlaridan izlashingiz mumkin

@startpm