Get Mystery Box with random crypto!

Qat'iy qaror! Siz muvaffaqiyatli, omadli, baxtli inson bo‘li | 📈 START UP BIZNES 📈

Qat'iy qaror!

Siz muvaffaqiyatli, omadli, baxtli inson bo‘lishni, boy bo‘lib ketib, qimmatbaho uylar-u, eng so‘nggi marka mashinalarda yurishni orzu qilasiz!
Barchaning hurmatiga sazovor bo‘lib, ko‘plab muhtoj insonlarga yordam berishni xohlaysiz!
Ota-onangizni, oilangizni farovon yashashini, ularni baxtli ko‘rishni istaysiz!
Ha, orzu qilasiz, xohlaysiz, istaysiz! Ammo...

Ammo bilasizmi, barchamiz qilishimiz kerak bo‘lgan asosiy ishni unutib qo‘yamiz. Agar biz orzu qilsagu shu ishni qilmasak, umrimizning oxirigacha orzular og‘ushida yashab, o‘tib ketamiz!
Hamma orzularni, xohishlarni, istaklarni amalga oshirishda qilishimiz kerak bo‘lgan asosiy ish bu qat'iy qarordir!

Siz orzu qilsangiz-u, shu orzuga yetishish uchun qat'iy qaror qilmas ekansiz, orzu-orzuligicha qolib ketadi.

Men muvaffaqiyatli inson bo‘lishni orzu qilaman (yo‘q unday emas)
Men muvaffaqiyatli inson bo‘lishga qaror qildim va bo‘laman! (mana shunday)

Manba: MotivatsiyaRivojlanish kanali.

Bizning kanal:

@start_up_biznes