Get Mystery Box with random crypto!

TO'XTANG! KELING, IKKI DAQIQA TAFAKKUR QILAMIZ! VA SIZ BAXTLIS | 📈 START UP BIZNES 📈

TO'XTANG! KELING, IKKI DAQIQA TAFAKKUR QILAMIZ! VA SIZ BAXTLISIZ

Biror yoqimsiz so‘zni aytishdan oldin umuman gapira olmaydiganlarni yodingizga oling.

Taomdan shikoyat qilishdan oldin, yeyishga bir tishlam noni yo‘qlarni esga oling.

O‘z turmush o‘rtog‘ingizni birovga yomonlashdan oldin Allohga o‘zining yolg‘izligini aytayotganlarni ko‘z oldingizga keltiring.

Hayotingizdan shikoyat qilishdan oldin, umri ayni gullagan, yoshligida tugaganlarni eslang.

Farzandlaringizdan shikoyat qilishdan oldin, tirnoqqa zor bo‘lgan minglab odamlar borligini biling.

Uyni tozalash, kim pol yuvishi haqida janjal ko‘tarishdan oldin, millionlab uysiz odamlar ham borligini bilib qo‘ying.

Ishingiz og‘irligidan nolishdan oldin, qanchadan-qancha odamlarga sizningdek ishi bo‘lishi orzu ekanligini ham bilib qo‘ying.

Birovni barmog‘ingiz bilan ko‘rsatib, uning gunohlarini sanashdan oldin, o‘zingizning ham gunohkor banda ekanligingiz va bir kun Alloh oldida javob berishingiz ko‘z oldingizda tursin.

Dilingizni g‘am-alam qamrab olsa, hali tirik ekanligingiz uchun Allohga shukrona ayting. Hayot – bu bebaho hadya. Doimo shukrda boʻlaylik, tafakkur qilaylik.

Manba: Motivatsiya_Rivojlanish kanali.

Bizning kanal:

@start_up_biznes