Get Mystery Box with random crypto!

​​ ​​MUVAFFAQIYAT KALITI Ko‘pchilik hayotda qanday muvaffaqi | 📈 START UP BIZNES 📈

​​ ​​MUVAFFAQIYAT KALITI

Ko‘pchilik hayotda qanday muvaffaqiyatga erishish mumkinligi haqida aniq tasavvurga ega emas.
Aslida, hammasi juda oddiy.
Ko‘ngilda milt etgan shu’la, ya’ni umid paydo bo‘lsa bas.
Bu mittigina umid keyinchalik
o‘z imkoniyatlariga ega bo‘lgan ishonchga aylanadi. Ishonch esa asta-sekin shijoat tomon yetaklaydi. Avvalo, u sizning tasavvuringizda, yaxshi hayot, istiqbolli kelajak haqidagi orzularingizda namoyon bo‘ladi. Sizda umid paydo bo‘lgan paytda, aniq maqsadni belgilashingiz va hayotingizga uni tadbiq etishingiz lozim.

Orzu, jasoratli umiddan paydo bo‘ladi. Taqdirga tan bermang, jasoratli orzularga erishishga jur’at eting! Ishoning, hayotda erishib bo‘lmaydigan narsaning o‘zi yo‘q. Agar hayoliy saroy qurgan bo‘lsangiz ham mehnatingiz zoye ketmasligi lozim. Hammasi o‘zingizga bog‘liq, sizning hayoliy saroyingiz ostiga mustahkam poydevor qo‘yish qolgan, holos.

Manba: Motivatsiya_Rivojlanish

Bizning kanal:

@start_up_biznes