Get Mystery Box with random crypto!

Stadion Uz! 🏟

Telegram kanalining logotibi stadionnuz — Stadion Uz! 🏟 S
Telegram kanalining logotibi stadionnuz — Stadion Uz! 🏟
Kanal manzili: @stadionnuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-12-06 21:40:22
U va’dasini bajardi
1 view18:40
Ochish/sharhlash
2022-12-06 21:40:21
1019 ga 304

Ispanlarning 1019 ta pasidan 926 tasi (91 foizi) aniq chiqqan. Marokashda esa 304 ta uzatmadan 216 tasi (71 foizi) aniq. Mingdan ortiq uzatma berib, gol ura olmaslik uchun yo “Barselona”, yo Ispaniya bo‘lish kerak. Luis Enrike ham buni yaxshi bilardi, ammo o‘zimizniklar ta’biri bilan aytganda: “uning bori shu”.
1 view18:40
Ochish/sharhlash
2022-12-06 21:40:21
Korrida ispanlar uchun ayanchli yakunlandi

Ispaniya—Marokash o‘yiniga oid bundan zo‘rroq memni bugun boshqa ko‘rmaysiz, ishonavering
1 view18:40
Ochish/sharhlash
2022-12-06 21:40:21
“Sevilya” darvozaboni Ispaniyaning JCH—2022 dagi ishtirokiga yakun yasadi

Hammasi haqqoniy, shikoyatga o‘rin yo‘q. Marokash haqli tarzda mundial chorak finaliga yo‘l oldi. Agar Valid Keddiradan ko‘ra yaxshiroq hujumchisi bo‘lganda Marokash o‘yinni penaltilar seriyasiga ham olib bormasdi. Ammo top hujumchining yo‘qligi Hakim Ziyosh jamoadoshlarini lotereyalarda qatnashishga majbur qildi. “Baxt qushi” lotereysidagi jekpotni esa “Sevilya” posboni Yassin Bunu bir o‘zi yutib ketdi. Nachodek tajribali, universal himoyachi turganda uni olib ketmay, asosiy o‘rni tayanch yarimhimoyasida bo‘lgan Rodrigoni markaziy himoyaga qo‘yib tavakkallar qilgan Luis Enrikening ertagiga yakun yasaldi. Har holda endi ispanlar ertagi mundialda bo‘lmaydi.

Marokashni esa tarix yaratgani bilan tabriklash mumkin.
1 view18:40
Ochish/sharhlash
2022-12-06 21:40:20
Mundial bilan xayrlashgan “974”

Kecha Braziliya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng nafaqat koreyslar, balki “974” stadioni ham mundialdagi ishtirokini yakunladi.

974 ta konteyner yordamida barpo etilgan stadion JCH—2022 dagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Endi bu arena buzib tashlanadi va konteynerlar muhtoj mamlakatlarga taqdim etiladi.

“974” Qatar mundiali bilan xayrlashgan uchinchi stadion bo‘ldi. Avvalroq Argentinani chorak finalga chiqqan o‘yiniga mezbonlik qilgan “Ahmad bin Ali” va Xorvatiya—Yaponiya o‘yinini o‘zida o‘tkazgan “Al-Janub” ham mundialdagi faoliyatini tugatgandi.
1 view18:40
Ochish/sharhlash
2022-12-05 21:10:15
Yaponiyaga tashakkur, jangchi Xorvatiya davom etadi

Osiyo vakillari tajribali raqibga tengma-teng kurash taklif qildi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda yaponlarning harakatlari mazmunliroq ko‘rindi. 120 daqiqalik tartibli o‘yin bilan xorvatlarning qator shturmlari bartaraf etildi.

Ammo Rossiya mundialida diydasi qotgan xorvatlar penaltilar seriyasida raqibga nisbatan ancha sovuqqon harakat qildi. O‘yinda ham qator seyvlar amalga oshirgan Livakovich seriyada uchta penaltini bartaraf etdi.

Yaponiya musobaqada to‘rtta o‘yin o‘tkazib, penaltilar seriyasini inobatga olmaganda faqat bitta o‘yinda yutqazdi. Germaniya va Ispaniya taslim etildi. Shunday ekan, ushbu musobaqadan boshini tik ko‘tarib ketishga qaysi jamoa eng munosib deyilsa, ikkilanmay kun chiqar yurt vakillarini ko‘rsatish mumkin. Xorvatiya esa 4,5 yil avval boshlangan ertakni davom ettiradi.
1 view18:10
Ochish/sharhlash
2022-12-05 21:10:15Harri Keyn noyob futbolchi. Hozir bir statistikaga ko‘zim tushdi. Keyn mundiallarda darvozaga 7 ta aniq zarbasidan so‘ng 7 ta gol uribdi. U bunday natijani qayd etgan mundial tarixidagi ilk futbolchi ekan. Ammo bu natijadan na Harriga va na Angliyaga foyda bor. Shunchaki natija sifatida tarixda qoladi va qaysidir mundial vaqtida esga olinadi, xolos. Bordi-yu Angliya mundial g‘olibiga aylansa, kartina o‘zgaradi.

Harri chindan ham noyob futbolchi. Faoliyatida 300 ga yaqin gol urdi. Lekin Audi Cup’dan bo‘lak, sovrin yutmadi. Keyn doim foydali futbolchi bo‘lgan, biroq nimadir yutishiga yaqin qolganda doim echki xalaqit beravergan. Amaldagi mundialda 1 ta gol urdi, 3 ta assistni amalga oshirdi. Harri ayni damda Grizmann (ha, noto‘g‘ri o‘qimadingiz), Mbappe, Messi, Brunu Fernandesh qatorida JCH-2022 ning eng foydali o‘yinchilaridan bo‘lib turibdi.

Eng yaxshi bo‘lish uchun esa Keyn kamida chorak finalda yuqorida nomi tilga olingan ikki futbolchining jamoasini to‘xtatishi kerak.
1 view18:10
Ochish/sharhlash
2022-12-05 21:10:14
Angliya ham chorak finalda

Garet Sautgeyt jamoasi Senegalga hech qanday imkon qoldirmadi. Har bir chizig‘ida yulduzlar yig‘ilgan “uchsherlar” o‘yinni butkul o‘z nazoratida o‘tkazdi.

Guruh bosqichini “quruq” o‘tkazgan Harri Keyn Qatar mundialidagi dastlabki golini urdi. Saka uchinchi o‘yinda uchinchi marta raqib darvozasiga yo‘l topdi, Fodendan esa ikkita assist.

Keyingi bosqichda inglizlarni qiyin raqib kutib turibdi — Fransiya. Chorak finaldayoq finalga teng yana bir o‘yin guvohiga aylanamiz.
1 view18:10
Ochish/sharhlash
2022-12-05 21:10:14
Levandovski: “Barselona”ga kel, uka.

Mbappe: Yevropa Ligasida o‘ynashgami? Yo‘q, rahmat-a
1 view18:10
Ochish/sharhlash
2022-12-04 21:54:20
Fransiya chorak finalga yo'l oldi.

Jahon chempionati | 1/8 final

Fransiya 3:1 Polsha

Gollar: Jiru 44, Mbappe 74, 90+1 - Levandovski 90+8 (p)
1 view18:54
Ochish/sharhlash