Get Mystery Box with random crypto!

Xurmatli tadbirkorlar!!! Charm-poyabzal sanoati, charm ma | Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi

Xurmatli tadbirkorlar!!!

Charm-poyabzal sanoati, charm mahsulotlari, mahalliylashtirilgan mahsulotlar, moʻyna va jun mahsulotlari kabi sohalardagi innovatsiyalar va yangiliklar uchun samarali maydonga aylangan “Uzcharmexpo-2023” XIV xalqaro koʻrgazma-yarmarkasi 2023-yilning 5-7 aprel kunlari boʻlib oʻtadi.

Uch kun davom etadigan tadbir jonli ko'rgazma bilan birga bo'lib, u jahon charm-poyabzal sanoatining hozirgi holati va sohadagi so'nggi tendentsiyalarni muhokama qilish uchun maydonga aylanadi. Mahorat darslari, yangi mahsulotlar taqdimoti, B2B uchrashuvlari – boy dastur biznes vakillari uchun yangi aloqalarni, ishtirokchilar uchun esa moda olamidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishish imkoniyatini ochadi.

jz.chamber.uz rasmiy sahifasiga a'zo bo'ling:

Telegram Live | Facebook | Instagram |

SSP Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi axborot xizmati