Get Mystery Box with random crypto!

Yangi yil bayrami arafasida Madaniyat va san’atni rivojlantiri | Saida Mirziyoyeva

Yangi yil bayrami arafasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tiflosharhlash yordamida qator xayriya spektakllari tashkil etilmoqda.

Ulardan biri 18-dekabr kuni Respublika qoʻgʻirchoq teatrida Sergey Mixalkovning “Uch quvnoq choʻchqacha” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyishi bo‘ldi. E’tiborlisi, spektakl O‘zbekistonda ilk bor o‘zbek tilidagi tiflosharhlash bilan o‘tkazildi.

Spektaklga 77-sonli ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tarbiyalanuvchilari hamda “Ko‘zi ojizlar jamiyati” a’zolari taklif etildi.

Navbatdagi tiflo-sharhlash bilan kuzatiladigan “Piter Pen” spektakli 28-dekabr kuni soat 13:00 da O‘zbekiston Yoshlar teatrida bo‘lib o‘tadi. Spektaklga tashrif buyurish istagida bo‘lganlar direktga yozishlari va 71 207 40 10 raqamiga qo'ng'iroq qilishlari mumkin.

Kelgusida shahrimiz teatrlaridagi qaysi spektakllarni tiflo-sharhlov bilan ko‘rishni xohlardingiz? Izohlarda yozib qoldiring!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube