Get Mystery Box with random crypto!

Bugun YUNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova, “Og‘a Xon” ja | Saida Mirziyoyeva

Bugun YUNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova, “Og‘a Xon” jamg‘armasining madaniyat bo‘yicha Katta maslahatchisi Franchesko Bandarin hamda “Wilmotte & Associés” arxitektura byurosining Boshqaruvchi direktori Borina Andryu bilan uchrashdik.

Unda yaqin vaqt ichida Samarqand shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan “Buyuk ipak yo‘li” muzeyining loyihasi taqdimoti bilan tanishdik. Muloqot davomida loyihaning o‘ziga xos jihatlari, uni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida fikr almashdik.

Shuningdek, uchrashuv davomida Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini rekonstruksiya qilish loyihasini ham ko‘zdan kechirdik. Ushbu maskanda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan inklyuziv muhit yaratiladi.
-
Сегодня мы встретились с Ириной Боковой, бывшим Генеральным директором ЮНЕСКО, Франческо Бандарином, старшим советником по культуре Фонда Ага Хана, и Бориной Андрю, управляющим директором архитектурного бюро Wilmotte & Associés.

Ознакомились с презентацией проекта музея «Великий шёлковый путь», который планируется построить в Самарканде в ближайшее время. В ходе беседы мы обсудили конкретные аспекты проекта и подготовку к его реализации.

Также в ходе встречи мы ознакомились с проектом реконструкции обсерватории Мирзо Улугбека. В этом месте для посетителей будет создана инклюзивная среда со всеми удобствами.