Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy tarmoq orqali Oʻzbekistonga Turkiyadan mana shu koʻri | Sputnik Live | TEZKOR XABARLAR

Ijtimoiy tarmoq orqali Oʻzbekistonga Turkiyadan mana shu koʻrinishdagi qoʻylar kirib kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Unda ushbu qoʻylar choʻchqa bilan chatishtirilgani iddao qilingan.

Musulmonlar idorasi Fatvo markazi tarqatilgan shu kabi xabarlarga munosabat 
berdi.

Mutaxassislar fikriga koʻra tarqatilgan videoda “Belteks” qoʻy zoti koʻrsatilgan.

Hozirgi kunda dunyoda qoʻylarning 1000 dan ortiq zoti mavjud. Belteks qoʻy turi ham xuddi mana shunday oddiy qoʻy zoti. Bu qoʻyning choʻchqaga hech qanday aloqasi yoʻq.

“Aslida Belteks va Dorper qoʻy turiga tegishli boʻlgan bu jonzotlarning choʻchqaga hech qanday aloqasi yoʻq. Bu kabi qoʻylarning goʻshti halol hisoblanadi”- deyilgan xabarda.

@Sputnik_live24 - Криминал воқеалар биз билан!