Get Mystery Box with random crypto!

Xamzat CHimaev Diazga tahdid qildi Xamzat CHimaev: 'Diazn | SPORT YANGILIKLARI

Xamzat CHimaev Diazga tahdid qildi

Xamzat CHimaev: "Diazni o'ldirib, UFC'dan haydayman"

SHveciyalik UFC jangchisi Xamzat CHimaev raqibi Neyt Diaz haqida fikr bildirdi.
"Neyt men bilan jangga rozi bo'lganida hayron qolgandim. Diasning o'zi bu jang uning uchun yomon bo'lishini aytgan edi. Uni oson mag'lub eta olishimga shubha qilmayman. Bu inson qariyapti. U endi Konor Makgregorni mag'lub etgan jangchi emas.

Neyt endi yosh emas. Bu uning UFC'dagi so'nggi jangi. Diaz unda mag'lub bo'ladi. Men uni tom manoda o'ldiraman va ligadan haydab yuboraman", - deya CHimaevning so'zlarini keltiradi BJ Penn nashri.

Eslatib o'tamiz, Xamzat so'nggi bor shu yilning 10 aprel sanasida Gilbert Bernsga qarshi jang qilgan edi.

Malumot o'rnida, Xamzat CHimaev va Neyt Diaz jangi 10 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

https://sportuz.net/ufc/9466.html