Get Mystery Box with random crypto!

Top sport markaziga aylanayotgan Saudiya Arabistonida katta bo | Uzreport Sport

Top sport markaziga aylanayotgan Saudiya Arabistonida katta boks kechasi o‘tkazildi. Unda Jeyk Pol va Tommi Fьyuri to‘qnash kelishdi. Pol avval YouTube bloger, hozirda esa haqiqiy professional bokschiga aylangan. Tommi esa super og‘ir vaznning eng kuchli bokschisi bo‘lmish Tayson Fyurining ukasi.

Ikkisi ham ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi. Ularni tomosha qilish uchun Saudiyaga ko‘plab yulduzlar tashfrif buyurdi. Ikkita Tayson, ya’ni Mayk hamda Fyuri, Krishtiano Ronaldu va boshqalar.

Jang belgilangan to‘liq 8 raund davom etdi. Bokschilar asosan tengma-teng zarbalar almashinuvi bilan harakat qilishdi. Boksda tajribasi kattaroq Tommi aniqlik borasida ustunlik qildi. Jeykning zarbalari yaxlit va og‘ir bo‘ldi, shulardan biri hatto Fyurini nokdaunga tushirdi.

Yakunda hakamlarning bir-biridan farq qiluvchi qarori bilan Tommi Fyuri g‘alaba qozondi. Pol uchun jang katta tajriba va ulkan gonorar keltirdi. Bu uning birinchi mag‘lubiyati.


Manba: @Davron_Fayziev

@SPORTS_UZREPORT RASMIY SAHIFASI

https://t.me/joinchat/AAAAAE9NcCYUVXEgpB5k5A