Get Mystery Box with random crypto!

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Futbol mut | "SPORT Futbol" | Niqob taqing!

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida OFKning PRO litsenziyasiga ega murabbiylar uchun bilimlarni yangilash o‘quv kursi o'tkazildi.

O‘quv kursi O‘zbek futbolining turli jihatlari to‘g‘risida qiziqarli muzokaralarga boy bo'ldi. Kurs ishtirokchilari guruhlarga bo‘linib, zamonaviy futbolning yangi yo‘nalishi bo‘yicha muhokamalar olib bordi.

Ishtirokchilarning har biri o‘zbek futbolining kuchli jihatlari va kamchiliklari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi. Ushbu mutaxassislar uchun maydonda amaliy mashg‘ulotlar tashkillashtirildi va ushbu mashg‘ulot chuqur tahlil qilindi.

Mazkur kursda FIFA va OFK instruktori Islom Axmedov olib bordi, koordinator Davron Qudratullayev.

https://t.me/FAUzbekistan