Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Formula 1 bo'yicha mavsumning ilk bosqichi ham ajoyib o' | SPORT NEWS

Bugun Formula 1 bo'yicha mavsumning ilk bosqichi ham ajoyib o'tdi.

Maks Ferstappen kutilganidek poyga g'olibiga aylangan bo'lsa, uning jamoadoshi Peres esa startdagi xatosidan so'ng ikkinchi o'rin uchun kurashishiga to'g'ri keldi. Ammo meksikalik poygachi yakunda baribir 2-pog'onani egalladi.

Fernando Alonso Bahreyn Gran Prisining eng yaxshi poygachisi bo'ldi. 41 yoshli poygachi omadsiz startga qarmasdan poyga davomida raqiblarini quvib o'tib yakunda Leklerning dvigateli ishdan chiqishi oqibatida 3-o'ringa ham ko'tarilib oldi. Aston Martin bolidlari chindan ham joriy mavsum bizga ko'plab syurprizlar tortiq etadiganga o'xshamoqda.

Hemilton va Rassel esa shinalarning tez yaroqsiz holatga kelishidan aziyat chekishdi ammo ikkisi ham muhim ochkolarni ishlab olishdi.

Keyingi bosqich ikki haftadan so'ng Jidda shahrida bo'lib o'tadi.

Kanal manzili 
                        SPORT_NEWS_TEZKOR