Get Mystery Box with random crypto!

- Bilasanmi nimani istayman? Bir qishloq, bir kulba, oddiygin | ISLOMIY NIKOH

- Bilasanmi nimani istayman?

Bir qishloq, bir kulba, oddiygina shinamgina uy. Mayli televizori ham bo'lmasin, qo'limizda shu telefon ham bo'lmasin. Hayot tashvishlari, shirin muammolar bo'lsin. Mayli, oddiy cho'pon bo'l, tongda qirga ket. Mayli, oddiy ayol bo'lay, sigir sog'ay, tovuqlarga qaray. O'choqda ovqat qilib, qumg'onda choy qaynatay. Kelganingda seni kutib olay. Qishloqning eng - eng chekkasidagi uyda yashay. Muhimi sen bilan bo'lay... Muhimi sen bo'l, baxt bo'lsin...