Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ O'qishni ko'chirish haqida qisqacha maʼlumot. MASOFAVIY | Reklama UZ

​​​​ O'qishni ko'chirish haqida qisqacha maʼlumot.

MASOFAVIY TA'LIM
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori 3-ilovasi ya'ni "Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'qishni ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish to'g'risida"gi nizomning 9-bandiga muvofiq:
• Agar talaba respublika oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud ta’lim shaklidan o‘zga (boshqa) ta’lim shaklida o‘qisa uning oqishni ko'chirishda bergan arizasiga rad javobi berilishi bayon etilgan. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda kunduzgi, sirtqi, kechki ta'lim shakllari mavjud.
• 2020-yil 23-sentabrda yangi tahrirda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Ta’lim to’g’risida”gi qonunda O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim shakli sifatida masofaviy ta’lim shakli tushunchasi ham kiritib o’tildi. Lekin hozirgi vaqtga qadar O’zbekistondagi mavjud OTM larda ushbu ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar mavjud emas.
• Demak amaldagi tartibga muvofiq Xorijiy OTM larda masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarni Respublika OTMlariga o’qishini ko’chirishiga ruxsat berilmaydi.

SIRTQI TA'LIM
"Oliy o'quv yurtlari talabalariga stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to'lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarorining 4-ilovasiga binoan:
• Sirtqi (maxsus sirtqi) ta'limdan kunduzgi ta'limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta'limning bir ta'lim sohasidan ikkinchisiga ko'chirishga ruxsat beriladi.
• Demak sirtqi ta'limdan kunduzgi ta'lim shakliga qonunchilikka binoan erkin o'qishni ko'chirishingiz mumkin.

KECHKI TA'LIM
Shuningdek Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yilda bergan bayonnomasiga binoan kechki ta’lim shaklidan kunduzgi ta’lim shakliga va kechki ta’limning bir ta’lim sohasi bo’yicha mumkin.
• Demak kechki ta’lim shaklidan kunduzgi ta’lim shakliga va kechki ta’limning bir ta’lim sohasi bo’yicha mumkin.


TATU rasmiy kanaliga obuna boʻlish
@tuituz_official