Get Mystery Box with random crypto!

Tugatilganiga bugun 101 yil bo’lgan Buxoro amirligidan olingan | Soni Qancha?

Tugatilganiga bugun 101 yil bo’lgan Buxoro amirligidan olingan boyliklar qiymati qancha?

Bundan 101 yil muqaddam — 1920 yilning 2 sentabr kuni 415 yil davom etgan Buxoro amirligi Russlar tomonidan yo‘q qilingan edi. Afsuski, bu jarayonda mahalliy aholi vakillari ham qatnashgan.

Russlar amirlik xazinasidan quyidagilarni topishgan:
— Buxoro tillasi – 1 148 380 dona;
— rus tillasi – 4 365 100 dona;
— Gamburg tillasi - 17 tonna-yu 728 kg;
— Gamburg kumushi – 45 tonna-yu 404 kg;
— rus kumush tangalari – 22 tonna-yu 160 kg;
— Buxoro tangasi – 62 834 780 dona;
— Buxoro mis tangasi – 5 tonna-yu 696 kg;
— tilla kukuni – 1 tonna-yu 56 kg;
— rus banki kumushi –13 tonna-yu 724 kg;
— Yana jami 34 nomdagi qimmatbaho osori-atiqa ro‘yxat qilindi

“Shaxsan amir va uning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan boyliklar ro‘yxati:
— Yirik brilliantlar – 3 482 karat;
— buyumlarga tikilgan brilliantlar – 968 karat;
— buyumlarga tikilgan qimmatbaho toshlar – 8 617 karat va hokazolar mulk sifatida qayd etildi.

@SoniQancha