Get Mystery Box with random crypto!

«Barselona»da eng ko‘p maosh oluvchilar. Dastlabki uchlikda za | Soni Qancha?

«Barselona»da eng ko‘p maosh oluvchilar. Dastlabki uchlikda zaxira futbolchilari

Ispaniyaning «Barselona» klubida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxati o‘zgardi. Oxirgi transfer oynasi vaqtida jamoani ikki eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari Lionel Messi (€71 mln) va Antuan Grizmann (€36 mln) tark etdi.

Qizig‘i, eng ko‘p maosh oluvchilar uchligini endilikda boshqaradiganlarning barchasi oxirgi vaqtlarda «Barselona» zaxirasida qolayotgan futbolchilardir.

Koutino 24 million yevro yillik maosh bilan ro‘yxatni boshqarayotgan bo‘lsa, yiliga 16 million yevro oladigan bosniyalik Miralem Pyanich ikkinchi, 12,8 million maosh oluvchi Samuel Umtiti uchinchi o‘rinda.

@SoniQancha