Get Mystery Box with random crypto!

Google Rossiyada yana jarimaga tortildi Google Rossiyada taqi | Soni Qancha?

Google Rossiyada yana jarimaga tortildi

Google Rossiyada taqiqlangan ma'lumotlarni o'chirishdan bosh tortgani uchun yana bir nechta jarimaga tortildi. Bu safar sud kompaniyani yana $82 ming to'lashga majbur qildi.

Avvalroq, sud taqiqlangan ma'lumotlarni o'chirishdan bosh tortgani uchun Google ma'muriyatiga uchta ma'muriy protokol bo'yicha $320 ming va rossiyalik foydalanuvchilarning Rossiya Federatsiyasidagi ma'lumotlar bazalarini mahalliylashtirishdan bosh tortgani uchun $41 ming miqdorida jarima solgandi.

Eslatib o'tamiz, ma'lumotlarga ko'ra, 2020 yilda Rossiyada Google faqat reklama sotishdan oyiga taxminan $1 mln 967 ming sof foyda olgan.

@SoniQancha