Get Mystery Box with random crypto!

#hadis Ro‘zadorning suyaklari tasbeh aytadi... Hazrati Buray | ● | So'nggi nuqta.

#hadis

Ro‘zadorning suyaklari tasbeh aytadi...

Hazrati Burayda roziyallohu anhu aytadilar:
Bir kuni Nabiy Sallallahu alayhi vasallam Bilol Roziyallahu anhuga:
"Ey, Bilol..! Kel, biz bilan taomlan" dedilar...
U: "Men ro‘zadorman" dedi. Shunda, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Biz o‘z rizqimizni yeyapmiz. Bilolning rizqi esa jannatga saqlab qo‘yilyapti. Ey, Bilol..! Bilasanmi, modomiki, ro‘zador huzurida taom yeyilar ekan, uning suyaklari tasbeh aytib turadi va farishtalar uning haqqiga istig‘for aytib turadilar" dedilar...

"Shahru Ramazon" kitobidan...