Get Mystery Box with random crypto!

“Bu tarmoqlarga sarflayotganingiz vaqtni jiddiy o‘lchamda kama | Someone

“Bu tarmoqlarga sarflayotganingiz vaqtni jiddiy o‘lchamda kamaytirgandan so‘ngra, uncha ko‘p narsani o‘tqazib yubormayotganingizni yashab o‘rganasiz.”

- Va bu ijtimoiy tarmoq kompaniyalarining yagona xavotiri.
Qo‘llaridan kelganicha diqqatingni o‘zlariga jalb qilishga, ko‘proq va yanada ko‘proq vaqtingni ekranlarga sarflashingdan manfaatdorlar.

“Ko‘zimiz ikkida bir ekranga qaramasdan do‘stlarimiz bilan uzun-uzun suhbatlashardik.
O‘ziga rom qiluvchi kitoblarga sho‘ng‘ib ketardik. Biron lazzatli taomni “story”ga joylamasdan ham xotirjamlikla tanavul qilardik, toki aqlli telefonlar diqqatlarimizni egallamaguncha.”

Kitob muallifi Cal Newport Washingtondagi Georgetown universitetida kompyuter bilimlari bo'yicha dotsenttir.
Yangi asr texnologiyalarining ommaga qilayotgan ta'sirlari bo'yicha kuzatib, ishlar olib boradi.

Kitob o‘z nomidan kelib chiqqan holda dijital minimalizmni targ‘ib qiladi. Bu ijtimoiy tarmoqlardan umuman voz kechishmas, qachon, qancha va nima maqsadda foydalanishni tartiblashga chaqiradi.

Dijital detox kitobi.
Bu mavzuda bir-biridan qiziq ilmiy izlanishlar va natijalarini taqdim qiladi.
Tarmoqlarga bo‘lgan bog‘imlilik va yechimlarni yozadi.
Nihooyat bugun bitirdim.
O‘zim uchun foydali bo‘lishini umid qilaman.
Va boshqalar o‘qishligini ham tavsiya qilardim.

Man turkchasini o‘qidim, inglizchasiyam bor qidirib topish kerak.

#kitob