Get Mystery Box with random crypto!

Robbi tomon uzatilgan qo'llar... Asarni o'qib tugatganimda ya | Some book

Robbi tomon uzatilgan qo'llar...

Asarni o'qib tugatganimda yarim tundan oshgandi. Ichimdan kelayotgan ko'z yoshlar, tuyg'ular, hissiyotlarni qalam sizlarga yetkazishga ojizlik qiladi. Yaxshisi u Robbim bilan o'rtamizdagi sir bo'lib qola qolsin.
O'z tuyg'ularim, ko'z yoshlarim ummoniga g'arq bo'lib uxlab qolibman. Qayerdandir ajib bir sehrli kuyning ovozi kelmoqda. Ajabo nega oldin bunday sehrli kuyni eshitmaganman?
Ex yo'q bu kuy emasku axir. Robbim tomonidan menga marhamatiku. Robbim meni o'zi bilan gaplashtirmoqchiku...
Tashqariga chiqdim. Azon tovushi insonlarni Alloh bilan gaplashishga undamoqda. Dunyo uyquda. Kunduzlari hech qachon o'lmaydigandek kun kechiradigan insonlar qani? Xuddiki bir falokat kelganda barchasini olib ketgan. Shu o'ylar bilan bo'lganimda, o'ylarimga o't ketdi. Qayerdadir ''Bomdod namoziga faqat Allohdan qo'rqadiganlar uyg'ona oladilar''.
Demak men Allohni yaxshi ko'raman, u ham meni yaxshi ko'radi. Albatta yana qanday bo'lishi mumkin? Biror shubhang bormidi?
Xonamga otilib kirdim. Tilim bilan dilimda tinmay ''Tushunib yetdim, Robbim. Meni o'zing kechir. Senga qaytayabman, meni qabul qil, yo Robbim'' deya tirnoqlarimni oldim. Rango-rang bo'yoqlardan tozaladim. Taxorat oldim. Joynamoz soldimda sajdaga yeqildim. Boshimni sajdadan hech ham ko'targim kelmasdi. Go'yo joynamozga mixlanib qolganday. Robbim huzuridan rahmat va mag'firat nurlari o'z yog'dulari ila meni, qilgan gunohlarimdan osiyliklarimdan tozalashmoqda edi. O'zimni birinchi bor Allohga qanchalik yaqinligimni his qildim.
-Robbim men qaytdim, o'zingni yo'lingga qaytdim. O'zing xohlaganday o'zgarishga tayyor bo'lib qaytdim. Gunohlarimni kechirishinga umid qilib qaytdim. Gunohlarimni oshkor qilmading, endi ularni kechirishinga umid qilib qaytdim. Xa men qaytdim, kechirishingga umid qildim. Chunki senga bandalariga rahmli zotsan. Xa men qaytdim, chunki sen o'zing ''Noumid bo'lmanglar'' deding. O'tmishdagi barcha qilgan gunohlarimdan sening roziling uchun yuz o'giraman. Bundan buyon faqat sening roziling uchun hayot kechiraman. Men qaytdim...

Baqara surasi 160-oyat
''Magar tavba qilib, ahli solih bo'lib, bayon qilganlarning, ana o'shalarning tavbasini qabul qilaman. Va Men tavbalarni ko'plab qabul qiluvchi va rahmlidirman''.

Allohdan so'rab duo qil. Qalblar uning qo'lidadir. U xohlasa tuzaladi, Xohlamasa hech narsa qila olmaysiz! Duo qiling, so'rang yolvoring.

Xikoyamizni shu yerda yakunlaymiz. Xar bir insonning Robbisiga qilgan tavbasidan keyingi hayoti o'zgacha. Kimdir bergan va'dasida turadi, kimdir esa yo'q.