Get Mystery Box with random crypto!

Payg'ambarga oshiqlik... Bu qanchalik buyuk ne'mat ekanki bu | Some book

Payg'ambarga oshiqlik...

Bu qanchalik buyuk ne'mat ekanki bu bizlarga nasib qilmayapti?
Xar bir Islom fitratida bo'lgan inson bor-ki bir marotaba bo'lsa ham Payg'ambariga oshiq bo'lishni xohlaydi bu qanday bo'lishi haqida bosh qotiradi.
Albatta bu ne'mat nasib qilmaganlar.

O'zim ham shu manzilning yo'lidaman. Juda ham ko'p izlandim, o'qidim va oxiri bu savollarimga javob topdim. Anchadan beri yo'qligimni sababi shu edi.
O'zim anglab yetgan, o'zim qo'llayotgan ma'lumotlar bilan bo'lishmoqchiman.

Bizning payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sallohu anxuga oshiq bo'lishligimiz, u zotni sevishimiz hattoki u zotni ota-onamizsan ham ziyoda ko'rmoqlikka bizlar buyurilganmiz. Ammo sevishlik faqat nashidlar-u, she'rlar orqali jonim sizga fido bo'lsin deb aytishchalik oson emas.

Men sizlarga nima uchun biz u zotga muhabbat qo'ya olmayotganimizni sabablarini keltirib o'tsam.

1. Biz u zotni tanimaymiz. To'liq hayot yo'llarini bilmaymiz.
Masalan, bir kishi xaqida eshitgansiz, lekin u xaqida hech narsa bilmaysiz. Keyinchalik uni yaqindan tanib, o'rganib, suhbatlashganingizdan keyin haqiqiy muhabbat paydo bo'ladi.

2. Payg'ambarimizni yaxshi ko'rishlik iymonning shartlaridanki xohlasam yaxshi ko'raman xohlasam yo'q degani emas.

3. Yaxshi ko'rishlik uchun u zot haqida ozgina bo'lsa ham ilmga ega bo'lish kerak.

4. Payg'ambarimizni tanish ham ilm orqali bo'ladi, agar ilm bo'lmasa u zotni yaxshi tanimaymiz.

5. U zot to'g'risida ilmga ega emasmiz.

Endi sizda ham u zotga bo'lgan muhabbatni shakillantirishni xohlasangiz, birinchi navbatda siyratni o'rganing. U zot qanday bo'lgan, qanday qiyinchiliklarni bosib o'tdilar?
Bularni hammasini siyrat orqali o'rganasiz. Ularning tarixlarini o'rganish, tarix daqiqalarida ular bilan birga har bir lahzada yashash, janglarda birga ko'z yosh to'kish orqaligina ularga muhabbat qo'ya olamiz. Siyrat kitoblari bir marotaba o'qib qo'yiladigan kitob emas.

Yaqinlaringizga jo'natib qo'yish yodingizdan chiqmasin.

Ahmadxo'jayeva Sanobar