Get Mystery Box with random crypto!

#elon Davlat soliq qoʻmitasi soliq sohasini raqamli transform | SoliqUz mobil ilovasi

#elon

Davlat soliq qoʻmitasi soliq sohasini raqamli transformatsiya qilish, innovatsion IT-loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor boʻlgan axborot texnologiyalari sohasida tajribali va bilimli mutaxassislarni jalb etishdan manfaatdor.

Shu munosabat bilan yuqori malakali IT-mutaxassislari bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etiladi:
Davlat soliq qo‘mitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamentiga;
Soliq maʼlumotlarini qayta ishlash markazi” DUK;
Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi DUK;
Soliq servis” DUK.

Yuqori professional daraja va IT sohasida yuksak malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarni moddiy rag‘batlantirish nazarda tutilgan.

Xususan:
"Bir million dasturchi" loyihasida yuqori natijalarga erishgan;
IT sohasida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan;
xalqaro IT sertifikatlariga ega;
IT kompaniyalarda ish tajribasiga ega
nomzodlar rasman ishga qabul qilingandan keyin oylik ish haqiga ustamalar va koeffitsiyentlar belgilanadi.

Bog‘lanish uchun ma’lumot:

Toshkent sh., A. Qodiriy k., 13a.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
(71) 244 98 17
(71) 244 98 19
“Soliq ma’lumotlarini qayta ishlash markazi” DUK:
(71) 244 98 09
(ichki) 01 942

Toshkent sh., Muqimiy k., 166
“Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi:
(97) 149 00 97
“Soliq servis” DUK:
(71) 202 32 82
(ichki) 607, 616

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram