Get Mystery Box with random crypto!

Tashkilotlar o‘z xodimlari va ular oila a'zolarining madaniy t | SOLIQ INFO

Tashkilotlar o‘z xodimlari va ular oila a'zolarining madaniy tadbirlarga tashriflari uchun soliqlarsiz haq to‘lashlari mumkin

Tashkilotlar qaysi soliqlardan va qanday miqdorda soliq solishdan ozod qilinadi?

To‘lanayotgan soliq turiga qarab, tashkilotlar foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliqdan ozod qilinadi.

Imtiyoz summasi tashkilotning tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadining 0,5%ini tashkil qiladi.

Masalan, tadbirkorlik subyektining realizatsiya qilishdan olingan daromadlari 1 mlrd so‘mni tashkil etsa, ushbu summaning 0,5%i – 5 mln so‘m bo‘ladi. Agar tashkilot ushbu summa doirasidagi mablag‘larni o‘z xodimlari va ularning oila a'zolari uchun madaniy tadbirlarga biletlar xarid qilish uchun yo‘naltirgan bo‘lsa, ushbu mablag‘lar summasiga foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasini kamaytirish orqali soliq solinmaydi.

Xarajatlarning qaysi turlari ushbu imtiyoz ostiga tushadi?

Tashkilotlarning o‘z xodimlari va ularning oila a'zolari uchun ommaviy-madaniy va kontsert-tomosha tadbirlariga biletlar xarid qilishi bilan bog‘liq xarajatlari.

Ushbu norma qaysi vaqtdan boshlab ishlamoqda?

Imtiyoz 26.07.2022 yildagi O‘RQ-785-son Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Телеграм канал t.me/Soliqinfo