Get Mystery Box with random crypto!

#1_iyun_Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni Bayramingiz mubo | Солиқчи кундалиги

#1_iyun_Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Kelajagimiz egalari bo‘lgan Siz aziz bolajonlarni, sizlar orqali butun dunyo bolalarini 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Sizlarning yuzingizdagi tabassumingiz qalblarni quvontiruvchi nigohingizda shu qadar ulkan samimiylik jo bo‘lgan-ki, bu nafaqat yuraklarni balki toshlarni ham eritishga qodirdir.

Kelajak avlodlarimizni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

Hozirgi “Uchinchi Renessans” – Vatanimizning yangi uyg‘onish davrida ham har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, avvalo oila, onalik va bolalikni himoya qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilanib ijtimoiy siyosat darajasiga ko‘tarildi.

Bugungiday dorilamon kunlarda O‘zbekistonimizning har bir o‘g‘il-qizi ota-onasi bag‘rida, jism-u joni salomat bo‘lib, quvonchu-shodlikka to‘lib, kulgulari bilan olamni to‘ldirsin!

Siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz aziz bolajonlar!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram