Get Mystery Box with random crypto!

9-may Xotira va qadrlash kuni Bugungi osoyishta va farovon | BEKOBOD TUMANI SOLIQ XABARLARI

9-may Xotira va qadrlash kuni

Bugungi osoyishta va farovon kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizni yod etish, yonimizdagi yoshi ulug‘larimiz, urush va mеhnat faxriylariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatdir!

Ma‘lumki, Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritganidan beri yurtimizda 9-may - Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlashi anʼanaga aylanib qoldi.

Jang maydonlarida mardlik va jasorat namunalarini koʼrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugungi kunda ham oralarimizda sogʼ-omon yurgan faxriylarimizga taʼzim qilamiz.

Hozirgi tinch hayotimiz, farovon turmishimiz uchun ularga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

Ulug‘ bayram bilan barchangizni muborakbod etamiz.

Hurmat bilan, Bekobod tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi J.Alimov
Kanalga obuna bo'ling!