Get Mystery Box with random crypto!

#rasman Huquqmi yoki Tarix? 2023-yilgi OTM ga kirish imtihonl | Shuhratbek Solihov blogi

#rasman
Huquqmi yoki Tarix?

2023-yilgi OTM ga kirish imtihonlarida faqatgina Toshkent davlat yuridik universitetida huquqshunoslikka oid fanlar bo'yicha testlar bo'ladi. Mazkur yangilik faqatgina TDYU uchun.

Yurisprudensiya yo'nalishi bor boshqa OTM lar (Diplomatiya, Islom akademiyasi, Milliy universitet, Jurnalistika universiteti, Sharqshunoslik universiteti va bir qancha akademiyalar) da kirish imtihonlari Tarix fani bo'yicha olinaveradi.

Lekin videodan ko'rinib turibdiki bu ma'lumot ham hali tasdiqlanmagan, ya'ni imtihonlar qaysi fandan bo'lishini maxsus kommisiya tasdiqlab berishi kutilmoqda. Ko'p ehtimol bilan huquq fani haqidagi o'zgarish 2023-yildagi imtihon jarayonida faqatgina TDYU uchun amal qiladi, qolgan universitetlardagi yurisprudensiya yo'nalishlariga ham huquq fanidan test bo'lishini bahorga borib dab-durustdan e'lon qilish abituriyentlarning mehnatini qadrsizlash bo'lib qoladi menimcha. Bunday qarorlarni imtihondan kamida 1 yil oldin qabul qilib ogohlantirish kerak.

@solihovs_blog