Get Mystery Box with random crypto!

#abituriyent_8_jahon 8-sinf jahon tarixi darsligi bo'yicha ba | Shuhratbek Solihov blogi

#abituriyent_8_jahon
8-sinf jahon tarixi darsligi bo'yicha ba'zi urushlar ro'yhati

1618-1648-yillar = "O'ttiz yillik urush". Germaniya hududida katoliklar va protestantlar o'rtasida diniy urush bo'lib o'tgan;

1640-yillar = Angliyada qirol va parlament o'rtasida fuqarolar urushi bo'lib o'tgan;

1700-1721-yillar = Rossiya va Shvetsiya o'rtasida "Shimoliy urush" bo'lib o'tgan va bunda Rossiya g'alaba qozongan;

...-1714-yillar = Ispan taxti uchun urush bo'lib o'tgan;

1756-1763-yillar= Yevropa davlatlarining deyarli barchasi qatnashgan "Yetti yillik urush" bo'lib o'tgan;

XVIII asr 60-yillari = Misrda mamluk zodagonlarining o'zaro urushlari bo'lib o'tgan;

1768-1774-yillar = Usmonli davlati va Rossiya o'rtasida urush bo'lgan va "Kuchukqaynarji" shartnomasi imzolanishi bilan yakunlangan;

1775-1783-yillar= Buyuk Britaniya va uning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalari o'rtasida urush bo'lib o'tgan;

1812-yil = Fransiya - Rossiya o'rtasida urush bo'lgan.

1826-1828-yillar = Rossiya va Eron o'rtasida bo'lgan urushda Eron mag'lubiyatga uchragan va Kavkazga bo'lgan da'vosidan voz kechgan;

1838-1842-yillar = "Birinchi ingliz-afg'on urushi" bo'lgan va bunda Buyuk Britaniya mag'lubiyatga uchragan;

1840-1842-yillar = Buyuk Britaniya va Xitoy o'rtasida "Birinchi afyun urushi" bo'lib o'tgan;

1853-1856-yillar = "Qrim urushi". Bu urushda Rossiyaga qarshi Fransiya, Buyuk Britaniya, Usmonli davlati birlashgan qo'shinlari urush olib borib, g'olib bo'lgan;

1856-1860-yillar = Xitoyga qarshi Buyuk Britaniya va Fransiya "Ikkinchi afyun urushi"ni olib borishgan;


1861-1865-yillar = AQShda fuqarolar urushi bo'lib o'tgan va shimoliy shtatlar g'alaba qozongan;


O'rol Amirov

Abituriyentlarga ulashing
@solihovs_blog