Get Mystery Box with random crypto!

Jahon tarixida bo'lib o'tgan mashhur inqiloblar kolleksiyasi! | Shuhratbek Solihov blogi

Jahon tarixida bo'lib o'tgan mashhur inqiloblar kolleksiyasi!
#help_yourself

1. 1640-yil Angliyada "Burjua inqilobi" boshlangan;

2. 1688-yil Angliyada “Sharafli inqilob” bo’lib o’tgan;

3. 1775-1783-yillar Amerika burjua inqilobi bo’lgan;

4. 1789-yil Fransiyada “Buyuk fransuz burjua inqilobi” boshlangan;

5. 1867-yil Yaponiyada “Meydzi inqilobi” boshlangan;

6. 1918-yil Germaniyada “Noyabr inqilobi” bo’lib o’tgan;

7. 1905-yil Rossiya imperiyasida “Birinchi rus inqilobi” bo’lgan;

8. 1905-1911-yillar Eronda inqilob bo'lgan;

9. 1910-1917-yillar Meksikada “Burjua inqilobi” bo’lgan;

10. 1911-yil Xitoyda “Sinxay inqilobi” bo’lgan;

11. 1913-yil Xitoyda “Ikkinchi inqilob” bo’lgan;

12. 1917-yil Rossiyada “Fevral inqilobi” bo’lgan;

13. 1920-yil Xiva xonligida “xalq inqilobi” sodir bo’lgan;

14. 1920-yillar Xitoyda “Buyuk milliy inqilob” bo’lgan;

15. 1920-1930-yilar SSSRda “Madaniy inqilob” bo’lgan;

16. 1959-yil "Kuba inqilobi" sodir bo’lgan;

17. 1963-yil Eronda “Oq inqilob” bo’lib o’tgan;

18. 1968-yil Iroqda "Iyul inqilobi" sodir bo'lgan;

19. 1970-yillar Xitoyda “Madaniy inqilob” deb nomlangan siyosat amalga oshirilgan;

20. 1978-yil Afg'onistonda "Savr inqilobi" sodir bo'lgan;

21. 1979-yil Eronda "islom inqilobi" bo’lib o’tgan;

22. 1988-yil Estoniyada "Kuylayotgan inqilob" sodir bo'lgan;

23. 1989-yil Chexoslovakiyada "Baxmal inqilob" sodir bo'lgan;

24. 2000-yillar arab mamlakatlarida “Arab bahori” nomi inqilobiy jarayonlar bo’lib o’tgan;

25. 2003-yil Gruziyada boshlangan “Atirgullar inqilobi” yuz bergan;

26. 2005-yil Qirg’izistonda “Lolalar inqilobi” yuz bergan;

27. 2010-yil Qirg’izistonda “Aprel inqilobi” yuz bergan;

28. 2011-yil Suriyada “Juma inqilobi” bo’lib o’tgan;

29. 2014-yil Ukrainada “Rangli inqilob” yuz bergan.

30. 2021-yil Afg'onistonda "Kobulning qulashi", yana ham aniqrog'i "Tolibon inqilobi".

P.S.: bu xamir uchidan patir edi!
Inqilob — bu biron bir davlat tuzumidagi ijtimoiy, madaniy, siyosiy yoki iqtisodiy inqirozning yakuniy nuqtasi hisoblanadi. Boshqaruv institutlarida faoliyat olib borishni reja qilganlar aynan shunday inqiloblarni chuqur o'rganib, tahlil qilish va to'g'ri xulosa chiqarish orqali "Boshqaruv san'ati"ni mohirona egallashlari mumkin.

Sharing is caring
@solihovs_blog