Get Mystery Box with random crypto!

Rosululloh va sahobalar bir kuni jam bo‘lib o‘tirishdi. Rosulu | Allohga oshiqlar📿

Rosululloh va sahobalar bir kuni jam bo‘lib o‘tirishdi. Rosululloh Abu Bakr(r.a)dan boshlab so‘radilar:

-Dunyoda nimani yaxshi ko‘rasiz?
Abu Bakr (r.a) aytdilar:
1. Sizning oldingizda o‘tirish;
2. Sizning yuzingizga boqish;
3. Sizga bor-budumni berishni

-Sizchi ey Umar?
Umar (r.a) javob berdilar:
-Men ham uch narsani yaxshi ko‘raman:
1. Maxfiy bo‘lsa ham, yaxshilikka buyurish;
2. Jaxriy bo‘lsa ham, yomonlikdan qaytarish;
3. Achchiq bo‘lsa ham to‘g‘ri so‘zlash

So‘ng Rosululloh(s.a v) Abu Zar(r.a)ga yuzlanib:
-Ey Abu Zar ! Sizchi ?
Siz dunyoda nimani yaxshi ko‘rasiz?
Abu Zar(r.a) javob berdilar:
Men ham dunyoda uch narsani yaxshi ko‘raman:
1.OCHLIK;
2. Kasallik;
3. O‘lim.
Nabiy(s.av) aytdilar: “Nima uchun?”.
-OCHLIK-qalbimni poklanishi uchun, kasallikni gunohlarim engillashishi uchun va o‘limni Robbimga yo‘liqishim uchun yaxshi ko‘raman.

“Bas, Alloh taqvodarlarni xush ko‘radi”.[3-76]

Alloh sabrlilarni sevadi
[3-146]