Get Mystery Box with random crypto!

Sotuvchi storitelling

Telegram kanalining logotibi soliha_frilans — Sotuvchi storitelling S
Telegram kanalining logotibi soliha_frilans — Sotuvchi storitelling
Kanal manzili: @soliha_frilans
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.17K
Kanalning ta’rifi

Frilansda yuz va ovozsiz daromad topadigan ekspert Qarshiyeva Solihaning kanali - @soliha_smm
Men bilan SMM-mutaxassislar, ekspertlar va tadbirkorlar daromadlarini stories&reels orqali minimum 2 baravar oshirishadi💰

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-24 16:10:40 Xayr, Toshkent!

Meni kutgin va men qaytaman...
341 views13:10
Ochish/sharhlash
2022-12-21 16:11:21 Xo’sh, ishni nimalardan boshlayman?

Birinchi qadam – bu haqida sizlarni ogohlantirish edi va eng qiyini ham shu bo'ldi. Nega deganda, birinchi qadamni qo’yish doim qiyin.

Ikkinchi qadam – kanal uchun yangi ism o’ylab topish, tasnifni o’zgartirish, navigatsiya yaratish. Kanal uchun postlarning dizaynini ham o’zgacha uslubda qilmoqchiman. Mediaga kirganingizda ko’zni quvnatishi uchun. O’z shaxsiy shriftlarim, ranglarim palitrasini yasab chiqishim kerak.

Uchinchi qadam – otzivlar uchun yangi kanal ochishim kerak. Sizdan olgan har bir otzivni joylab borishim uchun. Tan olish kerak, bu eng yoqimlisi))

To’rtinchi qadam – sizlarning har biringizning muammolaringizni o’rganib chiqdim va har biringiz uchun o’z bilimlarimni qay uslubda berish mumkinligini rejalashtiryapman. Kimgadir reels bo’yicha bilimlar kerak bo’lsa, kimgadir noldan blog boshlash, nima haqida kontent qilish qiziq. Kimdir uchun konsultatsiya kerak. Bergan darslarim faqat bilim emas, sizlarni harakatga chorlovchi raketa bo’lishi uchun – turli xil interaktiv o’yinlardan foydalanishga qaror qildim. Masalan, guruh bo’lib ishlash, musobaqalar uyushtirish, birinchi bajarganlar uchun sovrinlar qilish va hokazo))

Beshinchi qadam - endi telegram kanalimda turli mavzularda pryamoy efir qilaman. Ularni rejalashtirib, qaysi mavzularda gapirishimni o'ylab olishim kerak. Xo'sh, qaysi mavzuda pryamoy efir qilamiz, o'ylab ko'ring-chi?

Yozishga oson, lekin bajarishim uchun vaqt kerak bo’ladi.
518 views13:11
Ochish/sharhlash
2022-12-21 15:47:33 So’nggi muhim yangiliklar va kelajak uchun rejalarim:

Birinchidan, yaqinda marketing bo’yicha 2 ta intensivda qatnashdim va taassurotlarim olam-olam. Kanalim va umuman Instagram blogimni tubdan o’zgartirishga qaror qildim. Ularni tizimli, doimiy yuritish uchun motivatsiya oldim. Ikkita kemani boshini tutmaslik uchun, telegramimdan boshlayman.

Ikkinchidan, endi blogim oldingidek bo’lmaydi. Ya’ni, oldinlari bergan kontentim va hozir rejalashtirayotganim bir-biridan katta farq qiladi. Oldinlari foydali kontent ko’p bo’lgan bo’lsa, endi ekspert kontent ko’p bo’ladi.

Uchinchidan, blogim endi dizaynerlik, stories&reels dan tashqari, o’ziga bo’lgan ishonchni orttirish, kuchli taraflarni aniqlab, shu orqali sotuvni oshirish, dunyoqarash va fikrlashni oshirish, hayotni yorqinlik bilan boyitish haqida ham bo’ladi.

Sizlarga ilhom berish, o’zingizni yangidan kashf qilishga turtki berishni niyat qildim. Muvaffaqiyat sari olg’a intilish uchun birgalikda harakat qilishga tayyormisiz?
445 viewsedited  12:47
Ochish/sharhlash
2022-12-21 13:48:05 Soliha yana yo'qolib qoldi deb o'ylayotgandirsiz-a

Imtihon javoblari 23-dekabrda chiqar ekan, shu kungacha indamay turishni ma'qul ko'rdim

Sizda nima yangiliklar?
445 views10:48
Ochish/sharhlash
2022-12-21 13:46:44 Имтихонлар яхши булдими ёколиб колдизу
402 views10:46
Ochish/sharhlash
2022-12-19 10:45:06 Bugun 14:00 da doktoranturaga kirish uchun imtihonim bor, qo'llab turing

Eng qizig'i bugunni o'zida soat 16:00 da og'zaki suhbat bo'ladi. Nima bo'lsa hammasi bittada bo'ladi
494 views07:45
Ochish/sharhlash
2022-12-18 21:27:44 Diqqat, muhim!

Vizual bo'yicha rus ekspert hamkasbimdan hamkorlik taklifi kelib tushdi!

Bilasiz, men telefonga rasm va videoga to'g'ri olish, rakurs tanlash, lenta uchun qanday qilib rasmlarni yig'ish qoidalarini o'rgatmayman. Ammo shu bilan shug'ullanadigan ekspert biz uchun kurslarimda dars o'tib bermoqchi.

Qatnashishni xohlaysizmi? Agar ko'pchilik bo'lsangiz, rozilik berishim mumkin
521 views18:27
Ochish/sharhlash
2022-12-18 13:36:30
538 views10:36
Ochish/sharhlash