Get Mystery Box with random crypto!

Solih qalb 🌿

Telegram kanalining logotibi solih_qalblar_rasmiy — Solih qalb 🌿 S
Telegram kanalining logotibi solih_qalblar_rasmiy — Solih qalb 🌿
Kanal manzili: @solih_qalblar_rasmiy
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 18.30K
Kanalning ta’rifi

Islomni sevuvchilar uchun @Solih_qalb 🌿
Creator @Extiromiy
Reklama @Extiromiy_reklama

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-09-22 17:12:02 #Oila | #Ibrat

Bir kishi ayoli bilan nonushta qilib boʻlgach ish xonasiga kalitlarini olish uchun kirib ketdi.

Stol va televizor ustida chang borligini koʻrdi va kalitlarini olmasdan ayolini chaqirib, undan kalitlarini olib berishini iltimos qildi.

Ayoli kalitlarga qoʻl uzatarkan stol ustidagi changda barmoqlar bilam yozilgan «Seni sevaman...» yozuvini koʻrdi.

Xonadan chiqayotganda esa, televizor ustodagi changda «Sen mening suyukli rafiqamsan...» yozuvini koʻrdi.

Ayol kalitlarni xojasiga uzatarkan, tabassum qildi va - "Vazifa tushunarli boʻldi, bundan keyin uy ishlariga yanada eʼtiborli boʻlaman. Menga ajoyib shaklda, muhabbat ila tushuntirganingiz uchun sizdan minnatdorman", dedi.

Bu aqlli va Allohdan qoʻrqqan, Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan oʻrnak olgan bir moʻminning ishidir.

#MashaAlloh

P.s.: Oʻzim uchun oʻrnak oldim. Siz ham bir oʻylab koʻring, balkim shunday hayot kechirish bilan yanada baxtli boʻlamiz.

Kimga yuborishni juda yaxshi bilasiz)))

•Bola tarbiyasi
@Solih_qalb
3.8K viewsExtiromiy, 14:12
Ochish/sharhlash
2022-09-22 13:29:01 Har doim go'zal duo va niyyat qiling. Siz hohlagan niyyat qilgan hayot keladi faqatgina Allohga yuzlanish orqali. Duolaringiz ushalishiga ishoning va Allohdan astoydil so'rang. Havasla yashang. Taqdirlar o'zgarishi mumkin faqat duolar orqali. Alloh bilan bo'ling va Alloh siz hohlagan narsalarni hayotingizda birin ketin namoyon qiladi.

Duo niyatlaringiz go'zal bo'lsa ( birovga yomonlik tilash, kimningdir joyini egallash, o'zingizni foydangiz uchun birovni qiynab qo'yadigan bo'lmasa) In sha Alloh albatta amalga oshadi.

Hech narsa onson emas kun keladi qiyindir mushkul bo'lgandir lekin Alhamdulillah deya javob berasiz In sha Alloh. Toza qalb ila Allohdan so'rash orqalikgina amalaringiz bilan mojizalarni kuting. Sabr, shukr va minnador bo'lishga o'rganing.

Asil baxt uchun yaxshi yoki yomon, boy yoki kambag'al, minnatdor yoki noshukur, boy yoki kambag'al bolishingizda emas.  Asil baxt go'zal duolarda va Alloh bilan bo'lgan suhbatta va ana shu duolarni ijobatini ko'rishda

@solih_qalb
3.4K viewsExtiromiy, 10:29
Ochish/sharhlash
2022-09-22 11:29:01
Men Allohdan kuch so’ragandim, U menga bir qancha qiyinchiliklarni in’om etdi. Ularni yengib o’tish davomida ana shu so’ragan narsamga ega bo’lgan ekanman.
Allohdan aql so’ragandim.U meni hayot muammolariga duchor qilib, bu iltijoyimni ham amalda tasdiqlab bergan ekan.
Qilayotgan ishimga rivoj so’ragandim. Alloh esa meni ishga ko’mib tashlab, hayotimning jo’shqin o’tishini ta’minlab bergan ekan.
Men Allohdan iymon so’ragandim, Alloh iltijolarim asosida iymonimni mustahkamlayotgan ekan.
Allohdan jasorat so’ragandim. U menga musulmonlarga yordam qo’lini cho’zishdek imkonni yaratib bergan ekan.
Men Allohdan halovat so’ragandim. U menga qalb berib, iymon ila uni bezatib qo’ygan ekan.
Men Allohdan to’g’ri yo’lni so’ragan edim, U menga eng to’g’ri yo’l bo’lmish Islomni ko’rsatib qo’ygan ekan.
Men Allohdan duolarimning qabul bo’lishini so’ragan edim. U hamma iltijolarimni O’zining buyukligi bilan ta’minlab qo’ygan ekan.
Hullas, men so’ragan narsalarimga erishgan ekanman. O’ziga shukur.

@Solih_qalb
3.1K viewsExtiromiy, 08:29
Ochish/sharhlash
2022-09-22 05:29:01 Sevgi nima?
Agar siz bir insonni chin dildan sevsangiz, avvalambor uni u kabi qabul qilasiz. Siz uning biron bir sifatini o'zgartirishga urinmaysiz. Siz uni shunday sevasiz: uning kulishini, barcha  kamchiliklarini, uning suhbatini sevasiz, sevmoq uchun hattoki yuzini ko'rish shart emas yuragingizda turishini sevasiz...va albatta eng muhumi uni aslo yig'latmaysiz, yig'latishlariga ham yo'l qo'ymaysiz. Agar siz chinakam muhabbat bilan kimnidir yaxshi ko'rsangiz va kimdir sizni xuddi shunday sevsa, unda hech narsaga qaramay bu munosabatni saqlang.

@Solih_qalb
3.2K viewsExtiromiy, edited  02:29
Ochish/sharhlash