Get Mystery Box with random crypto!

Allohdan qarzdormisiz?! Xoʻja Nasriddin bozorda oʻrik sotayot | Solih qalb 🌿

Allohdan qarzdormisiz?!

Xoʻja Nasriddin bozorda oʻrik sotayotgan edi. Shunda, oldiga mahallasida yashaydigan chala tanish bir ayol kelib:
--Oʻrigingiz shirinmi, deb soʻradi.
Xoʻja Nasriddin:
--Tatib koʻring, dedi.
Ayol:
--Men roʻzaman.
Xoʻja nasriddin:
Unday boʻlsa, olib borib yeng. Pulini keyin berasiz.
Oʻrikni tortib berar ekan, oʻylab qoldi: Xozir ramazon oyi boʻlmasa, demak....
--Qanaqa roʻza tutyapsiz?
Ayol:
--Uch yil avval ramazonda qarzim qolgan edi, shuni qazosini tutyapman.
Shunda Afandi oʻrikni qaytarib joyiga qoʻydi.
--Hozirgina bermoqchi edingiz. Nima boʻldi?
Afandi:
--Allohga boʻlgan qarzingizni uch yilda berayotgan ekansiz, menikini kim biladi qachon berasiz. Boring, sizga qarzga bermayman, debdi.

Taslimiyaat
Yaqinlarga ulashing
@Solih_qalb