Get Mystery Box with random crypto!

Yodda tuting! Hayotingiz uchun faqat siz javobgarsiz. Vaqt | 🌹MOHIRA SOLIBEKOVA psixolog.

Yodda tuting!

Hayotingiz uchun faqat siz javobgarsiz. Vaqt va kuchingizni nima0ga sarflashni o'zingiz hal qilasiz. Xohlasangiz bunyod qilasiz, xohlasangiz vayron qilasiz. Istasangiz sevasiz, istasangiz nafratlanasiz. Vaqtingizni behuda sarflash yoki foydali ish bilan shug'ullanish ham o'z qo'lingizda.

Pozitiv yoki negativ bo'lishni ham o'zingiz hal qilasiz. Odamlar nima deyishidan qat'iy nazar - ularni eshitish eshitmaslik ham o'z qo'lingizda.

O'z omadsizliklaringizni "shunday bo'lib qoldi", "taqdir emas ekan" deb ta'riflamang.

Siz poyezd emassiz - bir yo'lga mahkamlanib qolmagansiz.

Hayotingizda burilishlar yasashingiz, mingta yo'ldan bittasini tanlashingiz mumkin.

Bugun siz nimani tanladingiz? Hayotingizni yaxshilash yo'lida biron ish qildingizmi?

#motivatsiya

Kanalga ulanish uchun
https://t.me/SOLIBEKOVA