Get Mystery Box with random crypto!

​ AYOL Qadimiy Xitoyda azaldan bir naql bor: Ayol kishinng | 🌹MOHIRA SOLIBEKOVA psixolog.

AYOL

Qadimiy Xitoyda azaldan bir naql bor:


Ayol kishinng umri davomida qiladigan eng asosiy vazifasi bu bolalikdan o'ziga energiya/quvvat yig'ish va ushbu quvvatni o'zida saqlab qolishdir. Bu uning vazifasidir. Erkak kishi uchun ayol bamisoli zilol buloq.

Ma'nan toliqqan ayol erkakni ruhlantira olmaydi, suvi qurigan quduqdek.

Ayol kishi uchun ichki nizo va salbiy hissiyotlar zararlidir.

O'zi uchun, o'z oilasi uchun asosiy ayollik vazifasini amalga oshirish uchun nimagaki qo'l urmasin barini ko'tarinki kayfiyat va mehr bilan bajarishi kerak.

Nima unga rohat bag'ishlasa hoh u qo'shiq aytish, hoh rassomchilik, hoh raqs, musiqa, chevarlik bilan shug'ullansin.

Ayolning buyuk bir vazifasi oilasi uchun tuganmas quvvat, quvonch, go'zallik manbaasi bo'lishdir.

Har bir ayol o'zining go'zal va maftunkorligini bilishdir, bu o'ziga bo'lgan isonchni oshiradi va gul kabi yashnaydi.

Aqlli erkak o'z ayolini qanday qo'llab quvvatlashni biladi va uni yanada maftunkor bo'lib nur taratishiga yordam beradi. Ayol qanchalik yashnasa erkak shunchalik ruhlanib ishlari olg'a ketadi.

Ayol kishi misoli o'choq, unga faqat olov kerak. Dunyodagi eng bebaho narsa bu Quvvatdir. Uni pulga sotib olib bo'lmaydi, shuning uchun erkak kishi bu quvvatni qo'lga kiritish uchun har narsaga tayyor!

Kanalga ulanish uchun
https://t.me/SOLIBEKOVA