Get Mystery Box with random crypto!

Marvarid haqida Ba'zilar menga 'Nega Marvaridni kanalizda ta | Sojida Karimova

Marvarid haqida

Ba'zilar menga "Nega Marvaridni kanalizda tanqid qilasiz?" deb yozishibdi Marvarid haqidagi xolis fikrlarimni yozishga qaror qildim.

Biz u bilan 2018-yil Universitetga imtihon topshirayotganda tanishganmiz. Ular 3 ta dugona Bekoboddan, men va Buvim Namangandan borib Toshkentda imtihon pavilonini oldidagi uyda bir kun birga qolganmiz. Usha yerda tanishdik.

Bir qarashdayoq boshqacha, o'ziga tortadigan, erkin fikrlaydigan, fikran mustaqil va energiyali qizni ko'rganman ushanda. Ismiyam yoqqandi. Wooow qizli bo'sam ismini Marvarid qo'yaman deganman. Xullas first impression zo'r bo'lgan menda.

Menda CEFR bor, 3 ta fandan yooootttvolib tayyorlanganman, unda CEFR yo'q, tarix o'qimagan ekan. Kirolmasa keraaaak deganman o'shanda Chunki men faqatgina o'zimga o'xshab 3 ta fandan tayyorlanganlarni bilardim xolos. Javoblar chiqqandan keyin haammaaaga telefon qilganman. Marvaridgayam. Kiribdi

Universitetda ham ko'rib qolardim ba'zida. Turkiyaga ketganimni eshitib rossa havas qilgandi, mana endi o'zi Amerikadaaa Mazza endi man unga havas qilyapman.

Keyinroq JACAFA va Global UGRAD yutdi, harakatdan to'xtamaydigan qiz. Kanal ochishimgayam sababchilardan biri. Menga doim yordami tekkan. Shaxs sifatida xurmat qilaman. Va hozirgi zamonda yosh qizlar undan o'rganishi kerak bo'lgan narsalar ko'p deb o'ylayman. Men ham yozish uslubimni ko'p jihatlarini undan olganman.

Men hech qachon uni tanqid qilmaganman. Agar xohlasam shunchaki o'ziga aytolaman nimadir negativ fikrimni menimcha. Shunchaki havas qilaman ba'zi jihatlarida va o'rganishga harakat qilaman. Men har qanaqa harakterdagi har qanaqa odamni boricha qabul qilaman

Mabodo bilmaydigan qizlar bo'lsa Marvaridning faqat qizlar uchun blogi: @Marvaridga

@Sojida_Karimova