Get Mystery Box with random crypto!

Bolaligini unutgan ota-ona eng yomon ota-onadir. Ona 30 yosh | Sojida Karimova

Bolaligini unutgan ota-ona eng yomon ota-onadir.

Ona 30 yoshli aqli bilan 4 yoshli bolasini urishadi. Ota 35 yoshli aqli bilan 7 yoshli bolasini uradi. Undan kattalardek o'zini tutishini, kattalardek gapirish, ovqatlanish, ilm olish, ish qilishni talab qilishadi. Aslida bola maksimal harakat qilsayam 35 yoshdek bo'la olmaydiku! Ota-ona doimo bola bilan gaplashganda boladek bo'lib, 4 yoshli boladek fikrlab gapirsa, unga o'rgatsa keyin bola o'rganadi. Qachoondir bola bo'lganizzi eslang, qo'lingizdan kelmaganini talab qilishganini, shuning uchun urishishganini...

Xatto Alloh ham qizlarga 9 yoshgacha, yigitlarga 12 yoshgacha vaqt beradi, ulg'ayishga, o'rganishga, xato qilishga, bola bo'lishga vaqt beradi. Gunohlarini yozmaydi shu yoshida. Ammo biz bolani bolaligini olamiz. U tug'iliboq aqlli bo'lishini xohlaymiz, uni uramiz, so'kamiz, hammani oldida uyaltiramiz, ayblarini ammaga xolaga hammaga aytiladi...

Aziz ota-onalar, bo'lajak ota-onalar sizga farzand berildimi, u sizga omonat qilib berilgan, uni bolaligini olmang. Hamma bolaligini yashashga haqli.

P.s E'tiboringiz uchun rahmat. Sizlar bilan 10 ta bolali Sojida Khan bo'ldi Kitobdan o'qiganlarimmi bo'lishgim keldideeee
Anaqqisa u bu kimga jo'natib qo'yarsila...
@Sojida_Karimova