Get Mystery Box with random crypto!

​​Ba'zan ko‘nglim shunaqa saviyadagi kinolarni xohlab qoladi q | Sohibjon | Parishon-parishon qadam tashlarman...

​​Ba'zan ko‘nglim shunaqa saviyadagi kinolarni xohlab qoladi qattiq... Televizorni har kuni ertalab yoqib hamma kanalning menyularini ko‘rib chiqaman tuzukroq kino bormikin bugun, deb. Afsuski, izlaganim hammasi bir xil saviyadagi, lekin turli nom ostidagi kinolar!!! Ertalabdan kayfiyatim buzuq boshlanadi. Youtubedan emas, aynan televizordan ko‘rishni xohlayman, televizorlarimizda milliy, ma'naviy kinolarni ko‘rib g‘ururlanish... (Afsuski, G‘ururimiz ancha yillar oldin tuproqqa toptaldi. Endi o‘zimiznikilar uni battar ezg‘ilayapti).
"Suyunchi", "Abdullajon", "O‘tkan kunlar", "Shum bola", "Mahallada duv-duv gap", "To‘ylar muborak", "Maftuningman", "Kelinlar qo‘zg‘aloni". Bular o‘tgan asrimizning eng saviyali kinolari. Hozir esimga kelgan kinolarni yozdim, bunday ajoyib, ming ko‘rsa ham xuddi birinchi marta ko‘rayotgandek entikib, hayajonlanib ko‘radigan kinolarimiz ko‘p shukrlar bo‘lsin! O‘sha davrdagi insonlarimizning bir-birlariga mehribon, zahmatkashligini gapirmasa ham bo‘ladi! (Bugungi kunda televizorda turli xil kinolar bo‘lgani bilan hammasi bir xil, voqealar rivoji xayriyatki butkul tugayotgan kinoning oxirida bir xil yakunlanadi makon boshqa joyda bo‘lgani bilan. Men kino olamidan ancha yiroq odamman. Tan olishim kerak: yaqin oylarda bir ikki marta "milliy seriallarimizni" (agar milliy serial deb atab bo‘lsa) nimadir olish, tahlil qilish uchun ozgina ko‘rdim. To‘g‘risi, har kuni kechqurun 30 daqiqa bo‘ladigan, lekin kino o‘rtasidagi reklamalar bilan bemalol bir soatga boradigan seriallarni ko‘rib o‘zimga ancha narsa oldim. Yo‘q, behazil aytyapman: serialning bundan keyingi qismlarini, oxir-oqibat serial nima bilan yakunlanishini o‘zimcha chamalab qo‘yadigan bo‘ldim. Lekin oxirida sal shubhaga ham bordim: meni chamalaganim serialdan yaxshi bo‘lsa kerak, deb:)
Rejissyor degani xalq bilan bir tan-u bir jon bo‘lishi, o‘z xalqining milliy qadryatlarini suv qilib ichib yuborishi kerak emasmi?! Nega bizdan yana Melis Abzalovlar chiqmayapti xalqning jon tomirini topa oladigan, his qila oladigan?
Suratga olinayotgan kinolar bizning ayni paytda kimligimizni ko‘rsatadi. Nahotki, hozir biz qaynona-kelin, oqpadar, buzuq, narkoman o‘g‘illardan ortmay qoldik!!! Dahshat!

@Sohibjon_Saydullayev