Get Mystery Box with random crypto!

*** O‘rtamizda birgana olma – Olam ichra yumaloq ilinj. O‘rtam | Sohibjon | Parishon-parishon qadam tashlarman...

***
O‘rtamizda birgana olma –
Olam ichra yumaloq ilinj.
O‘rtamizda birgina olma –
Balki g‘am u yo balki sevinch.

O‘rtamizda birgana olma,
Yarmi qizil, yarmi och-yashil.
Hayo tug‘yonidan qizil u,
U sog‘inchning ramzidir asil.

O‘rtamizda birgina olma,
Barmoq uchi tegsa tovlanar.
Alvon iffat, yashil tashnalik
Bir senga, bir menga dovlanar.

O‘rtamizda birgina olma,
Gard tegmagan, biram pokiza.
Hozircha u rangin bir havas,
Lab tegsa boshlanar mo‘jiza…

Omon Matjon

@Sohibjon_Saydullayev