Get Mystery Box with random crypto!

Munosabatlardagi kamchiliklar Aytilmagan so‘zlar Ba’zida | Sevimli ayollar

Munosabatlardagi kamchiliklar

Aytilmagan so‘zlar

Ba’zida qaysidir narsalar haqida gapirish qiyin bo‘ladi. Ko‘pincha, deylik kecha janjallashgan bo‘lsangiz, bugun go‘yo hech nima bo‘lmagandek yurishga harakat qilasiz. Mayda masalalarda bu to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Ammo, ichda aytilmay qolib ketgan gaplar, alam, savollar kishiga tinchlik bermasligi va eng noqulay vaziyatda jahl bilan chiqishi mumkin.
Shuningdek, ba’zilar bir birimizni so‘zsiz tushunamiz deyishadi, aslida tana uchun gaplashib olish juda muhim. Shuning uchun aytilmay qolgan gap, savol va muammolarni o‘zaro gaplashib bosiqlik bilan kelishib olish kerak. Muammolarni gaplashishga urinishning o‘zi, uni hal etishga birinchi qadamdir.

Jiddiy bahslar uchun noqulay vaqt

Ayollar ko‘pincha eri bilan o‘z kechinmalarini, u ishdan kelib televizorni yoqishi  bilan boshlaydi. Aslida bu payt er ishdan charchab kelgan va bunday gaplar unga ortiqcha. Darhol orada janjal chiqishi mumkin. Yo‘q erkak siz bilan gaplashgisi kelmaganidan emas, shunchaki charchagani va hozir bunday gaplarning o‘rni emasligidan bu. Biroz xordiq chiqarishini kutish kerak. Jiddiy suhbatlar uchun qulay vaqtni topish kerak, doimo.

Partnyorni butkul egallashga urinish

O‘z partnyoringizni qanchalik sevmang uni butkul egallashga harakat qilmang, erkinlik bering. Tabiatan erkaklarda, ayollarga nisbatan dominantlik, ustunlik qilishga urinish kuchli bo‘ladi. Ayollarda esa yengilishga. Lekin, ko‘pincha 2 tomon ham bir-birining har bir qadamini o‘lchab yurishga urinadi. Ortiqcha xirapashshadek yopishib olish, tez g‘ashga tegadi. Munosabatlar o‘zaro ishonch va hurmatga asoslanishi lozim! Agar ishonch bo‘lmasa, munosbatlarni chuqurlashtirishdan ham foyda yo‘q

SEVIMLI AYOLLAR KANALI